O‘zbek militsionerlariga fuqarolar shaxsini aniqlash uchun planshetlar beriladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSpesproyekt "Obuchenie planshetnoy gramote" dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve
Spesproyekt Obuchenie planshetnoy gramote dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yangilik hujjati yo‘q fuqaroning shaxsini uni bo‘limga olib bormasdan aniqlash imkoniyatini beradi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi maxsus planshetlar yordamida real vaqt rejimida fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha loyihani ishga tushirdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

Bugungi kunga kelib poytaxtning turli tumanlarida o‘nlab militsionerlar ana shunday planshetlar bilan ta’minlandi. Planshetlarga turli maxsus dasturlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida fuqaroning shaxsini aniqlash, barmoq izlarini olish, navbatchi qism bilan bog‘lanib kerakli ma’lumotlarni yetkazish mumkin.

"Bu yangilik hujjati yo‘q fuqaroning shaxsini uni bo‘limga olib bormasdan aniqlash imkoniyatini beradi. Planshet yordamida uning shaxsi bir necha daqiqa ichida aniqlanadi. So‘ngra kerakli chora ko‘riladi. Agarda fuqaro masalan ilgari sudlangan bo‘lib, Chilonzorda yashasa va tungi soat uchda Bektemir tumanida yurgan bo‘lsa, unga nisbatan mantiqiy savollar paydo bo‘ladi", — dedi IIBB podpolkovnigi Aziz Sultonov brifing chog‘ida.

Poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning aytishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari mazkur jarayonning barcha nozik jihatlarini o‘rganishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0