General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

© GUVD Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir
Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent shahridagi Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida 25-oktabr - Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston prezidenti topshiriqlari asosida ichki ishlar tizimida tub islohotlar amalga oshirildi, O‘zbekiston IIV dunyoning eng rivojlangan davlatlari ichki ishlar tizimlari sifatida shakllantirilmoqda, dedi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Bahodir Qurbonov kasb bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbir davomida.

Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda profilaktika inspektorlariga kvartira va mashinalar topshirildi
Qurbonov o‘z nutqi davomida prezident tomonidan alohida e’tibor, ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy muhofazasi sohasiga qaratilib, bu borada ichki ishlar organlari xodimlariga munosib shart-sharoit yaratib berish dolzarb vazifa etib belgilanligini ta’kidlab o‘tdi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘z xizmat vazifasini bajarishda, sadoqat, alohida jonbozlik ko‘rsatgan xodimlarga O‘zbekiston IIV rahbari Po‘lat Bobojonov buyrug‘iga asosan unvon va faxriy yorliqlarni, shuningdek, qimmatbaho esdalik sovg‘a — IIV qo‘l soati va uyali aloqa telefonlarini topshirdi.

IIBB rahbari mukofotlanganlarga kelgusi ishlarida omad tilab, to‘planganlarga sharafli va shu bilan birga mas’uliyatli kasblarida omadlar tiladi.

"Militsioner kasbi — olijanob kasb. Bu kasbni sevgan inson hech qachon kam bo‘lmaydi. Men sizlarga ustozlarimiz aytgan bir gapni aytib o‘tay. Nafaqaga chiqamiz-a, bu eng katta yutuq. Nafaqaga chiqqanimizda farzandlarimiz bizdan: "Ota siz nima qildingiz shu davlat uchun, mahallamiz uchun, oilamiz uchun?" deb savol berganida, "Men gazandani ushlaganman, men jinoyatchini qamaganman, men kishilarning og‘irini yengil qilganman", deya olijanob javob berish qobiliyatga egasiz. Bu qobiliyatni hech qachon boy bermaylik, Prezidentimizni, xalqimizni ishonchini hech qachon yo‘qotmaylik", — dedi general-mayor Qurbonov.

IIBB rahbari o‘z nutqi davomida, shuningdek, yaqin kelajakda barcha ichki ishlar bo‘limlariga 70ta "Damas" avtoulovlarini xarid qilish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0