Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishTaktiko-spetsialnie ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax
Taktiko-spetsialnie ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Xavfsiz shahar" atamasi ma’nosida "Toshkent tajribasi" iborasi bugun amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Shu kechayu-kunduzda fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi, ularning haq-huquqlarini himoya qilish yo‘lida o‘zbek militsiyasi tizimida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda? Sputnik muxbiri yaqinda prezident Mirziyoyev borib, tasdiqlab kelgan IIB bo‘limida bo‘ldi

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida jinoyatchilik kamaymoqda. Jami jinoyatlar soni  14 030 tadan 7 148 taga yoki 49,05 %ga kamaygan. Bu albatta, bejizga emas. O‘zbekistonda xalq tinchligi va osoyishtaligi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. O‘zbekiston prezidentining ichki ishlar tizimi bo‘yicha 100dan ziyod qaror va farmonlari qabul qilingan.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov na fone mecheti - Sputnik O‘zbekiston
"Superpolitsiya": o‘zbek militsiyasi qulay va ko‘rkam formaga o‘tishi kutilmoqda

"Oxirgi ikki yilda birorta boshqa tizimda shuncha hujjat chiqmagan. Toshkent shahri bo‘yicha to‘rtta qaror chiqarilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Chilonzor, Olmazor, Shayhontohur, Yunusobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlariga tashrifi bayonlari tasdiqlangan. Mana shu tashriflar davomida Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada yaxshilash maqsadida ko‘plab topshiriqlar bo‘ladi", deydi Toshkent bosh militsioneri - general-mayor Rustam Jo‘rayev.

10 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahrida joylashgan Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, bu maskanga mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun ham press-tur uyushtirildi. Aytish joizki, yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan ikki qavatdan iborat Ichki ishlar idorasi bir nechta xizmatlarni o‘zida mujassamlashtirgan noyob markaz ko‘rinishini olgan.

Tezkor navbatchilik qismi, profilaktika bo‘linmasi, tergov bo‘linmasi, jinoyat qidiruv bo‘linmasi, pasport xizmati, psixolog faoliyati, yong‘in xavfsizligi, tez yordam, favqulodda yordam va boshqa xizmatlar bir joyda mujassamlashgan. Shuningdek, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKarta goroda Tashkenta
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Karta goroda Tashkenta

Tezkor navbatchilik qismiga hududni tunu kun nazorat qilish imkonini beradigan videokuzatuv tizimi joriy etilgan. Bo‘lim tumandagi 7 ta mahallada yashovchi  aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Endi ichki ishlar idoralariga kelganlar, tik oyoqda navbat kutmaydi. Bo‘limda barcha shart-sharoitlar mujassam etilgan. Hatto oshxona ham mavjud. "Bu yerda faqat militsiya xodimlari ovqatlanadimi?", - degan savolga ichki ishlar xodimlari "Yo‘q, albatta. Idoramizga kelgan fuqarolar ham agar oshxona xizmatidan foydalanishlarini istasalar, bemalol kelib, ovqatlanishlari mumkin", - degan javob berildi.

Binoning birinchi qavatida pasport berish bo‘limi joylashgan va bu yerda elektron navbat tizimi joriy etilgan. Bo‘limga kiraverishda pasport bo‘yicha yuzaga keladigan savollarga javob beradigan elektron tarzda javob olish imkonini beradigan interaktiv uskuna va planshet mavjud.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaElektronnoe interaktivnoe tablo dlya polucheniya informatsii v OVD Yunusabadskogo rayona.
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Elektronnoe interaktivnoe tablo dlya polucheniya informatsii v OVD Yunusabadskogo rayona.

Endilikda agar pasport stoli bo‘limiga ishingiz tushsa, tartib raqami beradigan avtomat yoniga borib, kerakli tugmani bosasiz va raqamingiz yozilgan qog‘ozni olasiz. Raqamingiz tabloda yonganida, inspektor yoniga borishingiz mumkin. Yuqoridagi suratda aks etgan axborot plansheti esa sizga pasport berilishi, yoki hujjatni yo‘qotsangiz nima qilish lozimligi, davlat boji miqdori va hokazo masalalar haqida ikki tilda (rus va o‘zbek tillarida) ma’lumot berishga mo‘ljallangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDlya udobstva grajdan v OVD Yunusabadskogo rayona otkrili daje mini-filial banka.
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Dlya udobstva grajdan v OVD Yunusabadskogo rayona otkrili daje mini-filial banka.

Ichki ishlar bo‘limining ikkinchi qavatidan videoselektor majlislarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan konferens-zal, tergovchilar xonalari, psixolog xonasi, bolalar xonasi va maxsus tergov xonasi o‘rin olgan.

Destkaya komnata v OVD Yunusabadskogo rayona
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Destkaya komnata v OVD Yunusabadskogo rayona

Aytish joizki, IIBda tashkil etilgan maxsus tergov xonalari alohida e’tiborga molik. Bu yerda eng so‘nggi zamonaviy axborot kommunikatsiyalari, jumladan so‘roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, audio- va video qayd etish vositalari, shuningdek bir tomonlama ko‘rish imkonini beruvchi maxsus "Gezella" oynasi o‘rnatilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSpetsialnaya komnata dlya doprosa v OVD Yunusabadskogo rayona
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Spetsialnaya komnata dlya doprosa v OVD Yunusabadskogo rayona

Tashkil etilgan mazkur maxsus xonalar so‘roq, yuzlashtirish, shaxsni tanib olish, masofadan turib videokonferensaloqa tizimida tergov harakatlarini olib borish imkonini berish bilan birga dalillarni to‘plash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda qonuniylik va xolislikni ta’minlaydi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSpetsialnaya komnata dlya doprosa
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Spetsialnaya komnata dlya doprosa

Bu kabi maxsus xonalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularning sha’ni va kadr-qimmati kamsitilishiga chek qo‘yishga va jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud kadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni bartaraf etishga xizmat qiladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Inspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova

Endilikda IIB eshiklari hayotiy og‘ir vaziyatga, ruhiy ko‘makka, maishiy zo‘ravonlikka yoki huquqiy yordam olishni istaydigan ayollar uchun ham tunu-kun ochiq.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor - mayor Maqsuda Xo‘janazarova har qanday turdagi yordamga muhtoj xotin-qizlarga ko‘mak berishga tayyor. "Ayol kishi tilini ayol tushunadi", degan aqidaga rioya qilgan holda shu lavozim joriy etilgan. Bu turdagi ishlar voyaga yetmagan yoshlar masalalari bo‘yicha inspektor hamda psixolog hamkorligida amalga oshiriladi.

© GUVD g.TashkentaZamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev

"Biz o‘z oldimizga ichki ishlar idoralariga nisbatan xalq ishonchini oshirish maqsadini qo‘yganmiz. Mana, ko‘rdilaringiz, tumanlardagi ichki ishlar bo‘limlari mini-IIBBlarga aylanayapti. Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish uchun biz barcha xizmatlarni bir joyda jamlaganmiz. Navbatchilik qismi, tezkor vakillar, tergovchi, ekspert, migratsiya va kanselariya xodimlari barchasi yig‘ilgan. Yana qo‘shimcha texnika berilishi kutilyapti. Va bugungi kunda militsiya xodimlarida mana shu bo‘limlarda xizmat qilish sharaf degan bir tuyg‘u shakllanmoqda", - dedi Toshkent shahar IIBB rahbari Rustam Jo‘rayev.

Yangiliklar lentasi
0