Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi

© AP Photo / Mikhail MetzelO‘zbek militsiya xodimlari
O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrifi doirasida tuman ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 8-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrifi doirasida tuman ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 8-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Toshkentda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi
Mirziyoyev ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan muloqot qilib, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ish jarayoni bilan tanishganligi aytilmoqda.

"Ichki ishlar idoralarini xalqqa yaqinlashtirishdan maqsad jinoyatchilikning oldini olish, uning asl sabablarini aniqlash, aholining huquq va erkinliklari, tinch va osuda hayotini ta’minlashdan iborat", degan Mirziyoyev.

Shu yerda "Avtokon" – avtomashinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlash va qoidabuzarliklarni qayd etish maxsus apparatining taqdimoti o‘tkazildi. Yo‘l harakati inspektori mashinasiga o‘rnatiladigan ushbu maxsus qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlash imkonini beradi.

Qurilmani yanada takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi, deyilgan xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0