TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘tgan haftada Qirg‘iziston Bosh vaziri Sapar Isakov ayni kunlarda hukumat militsiyani plitsiyaga aylantirish masalasi ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ushbu yangilik qizg‘in muhokama qilindi, ular orasida o‘zgarishlardan foyda yo‘q, deb fikr bildirganlar ham bo‘ldi.
Sputnik Qirg‘iziston tahririyati ushbu qaror yuzasidan mutaxassislarni savolga tutdi.
Dmitriy Fedorov, kuch tuzilmalari organlari faxriysi
— Bu g‘oya paydo bo‘lishi sababi nimada? Sapar Isakovning "militsiya — bu militaristik organ, politsiya esa xalqqa yaqin bo‘ladi" deganini qanday tushunish kerak? Menimcha bu populizmning o‘zginasi. Muhim qarorlarni qabul qilishda uning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va natijada qanday o‘zgarishlar ro‘y berishini hisobga olish kerak. Allaqanday islohotlarni o‘tkazishga harakat qilib ko‘rish kerak, deb bo‘lmaydi. Ha, o‘zgartirish kiritish va politsiyani yaratish mumkin. Ammo buni asosiy maqsad qilib bo‘lmaydi.
Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, tashabbuskorlarni o‘zlari hali militsiya va politsiya o‘rtasidagi chegarani to‘liq o‘rganganlari yo‘q. Qisqaroq qilib aytganda, militsiya bajaradigan vazifalarni aniqlashtiradigan qonunlar, hujjatlar bor. Ular nima, yomon bo‘lib qoldimi? Nahotki bu qonunlar militsiyani yomon ishlashga majbur etayotgan bo‘lsa? Yo‘q, unday emas, bu borada hammasi a’lo. Unda haqiqatda nima ro‘y bermoqda? Militsiya o‘z vazifalarini bajarishni uddalay olmayapti. Shu bois uning nomini o‘zgartirishdan foyda yo‘q, militsiya aniq ishlashni o‘rganishi kerak. "Zaporojes"ga Mercedes, emblemasini taqib qo‘ygan bilan, u inomarkaga aylanib qolmaydi", — dedi Fedorov.
Qirg‘iziston Milliy Xavfsizligi Davlat Qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari, xavfsizlik bo‘yicha ekspert, general-mayor Artur Medetbekov
Agar masalaning moliyaviy tomoni haqida gapiradigan bo‘lsak, budjet defitsiti tufayli xalqaro donorlarning pul vositalari kerak bo‘ladi, chunki xodimlarning malakasi darajasini ko‘tarish uchun katta mablag‘lar talab etiladi. Agar masalaning mana shunday tomonlarini ham islohotlarga qo‘shsa, natija berishi mumkin. Shunchaki nomni o‘zgartirish uchun bo‘lsa, hattoki urinishning ham keragi yo‘q.
Sergey Jovtis, qozog‘istonlik huquq himoyachisi
— Militsiyani politsiyaga o‘zgartirisharkan, deyishsa, xalq tabiiyki, tub o‘zgarishlar bo‘lishini kutadi. Odamlar politsiyachilar qonun doirasida ishlaydi, inson huquqlarini ular hech qachon buzmaydilar va o‘z hayotlarini jinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlaydilar deya umidvor bo‘ladilar.
Agar bu borada Qozog‘iston tajribasini olib qaraydigan bo‘lsak, bu yerda politsiyaga o‘zgartirilganidan keyin hammasi ham o‘zgarib qolgani yo‘q. Politsiya hozirda o‘zini jamoatchilik xavfsizligi maqsadlarida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organ sifatida namoyon qilmoqda. Vaholanki, politsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi — bu qonunga itoatkor fuqarolarning erkinligini himoya qilishdir. Agar kengroq aytadigan bo‘lsak, politsiya har bir fuqaroga shubha bilan qarashi kerak emas. Uning prinsipi — barcha fuqarolarni mayda elakdan o‘tkazish. Jamiyat uchun xavf tug‘diradigan odamlar ana shunday ko‘rinib qoladi.
Hammasi esa boshqacha bo‘lishi kerak. Xalq politsiyaga to‘liq ishonishi, unga xuddi o‘z posboniga singari munosabatda bo‘lishi kerak. Yorqin misol tarzida Boltiqbo‘yi va Gruziyada o‘tkazilgan islohotlarni keltirishim mumkin. U yerda politsiya jamoatchilik tartibini saqlashni va xalqni himoya qilishni boshladi. Fuqarolar o‘zgarishlarni darhol payqadilar. Jinoyatchilikka qarshi kurash esa u yerda huquqni muhofaza qilish organlari bo‘limlari tomonidan olib boriladi.