Toshkent xavfsiz poytaxt bo‘la oladimi?

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tashkent
Goroda mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri ko‘chalarida kechalari endi faqat patrul "sayr" qiladi, sudlanib, jazo muddatini o‘taganlar esa uyida o‘tirib, yengil nafas olishlari mumkin

O‘zbekiston, xususan uning poytaxti xavfsizlik masalasida ko‘plab davlatlarga o‘rnak bo‘layotganiga qaramay, davlatni mavjud vaziyat to‘liq qanoatlantirmaydi, chamasi. Keyingi bir yarim yildan buyon huquq-tartibot organlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida 2018-yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yana bir qarorni imzoladi.

Oxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Kriminal avtoritet Abbosxon Xodjayev ikki yilga qamaldi
Qarorda Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Unda mavjud holatga tanqidiy baho berildi. Xususan, kechki va tungi vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mavjud kuch va vositalarini taqsimlash samarali emasligi, poytaxtda kriminogen vaziyatga tezkor ta’sir ko‘rsatish, uni nazorat qilish va baho berish imkoni cheklanganligi ta’kidlangan. Huquqbuzarliklar umumiy sonining yarmidan ko‘pi, ayniqsa, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar kechki va tungi vaqtida sodir etilayotganligi qayd etilgan.

Qaror talablariga muvofiq O‘zbekiston poytaxtida huquqni muhofaza qilish sohasida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:

— 2018 yil 1-iyuldan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi eksperiment tariqasida joriy etiladi;

Drujinniki nachali patrulirovat ulisi Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent mahallarini "Fidoiy yoshlar" patrul guruhlari qo‘riqlaydi
— poytaxtda soat 16:00 dan 8:00 ga qadar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimi tashkil etiladi;

— ichki ishlar va prokuratura organlari bilan birga ma’muriy sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlarining kechki va tungi vaqtda faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi;

— jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida patrullik qilish aralash tartibda, ya’ni ham avtomobillarda, ham piyoda amalga oshiriladi;

— har bir mahallada "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etiladi. Ular muddatli harbiy xizmatni o‘tash niyatidagi yigitlar, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan abituriyentlar va ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlardan tashkil etiladi;

Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Jo‘rayev militsiya xodimlarining asosiy kamchiligini aytdi
— 2018 yil 1-avgustdan boshlab xodimlar va harbiy xizmatchilarga har oylik ish yakuni bo‘yicha patrullik hududida og‘ir va o‘ta o‘g‘ir jinoyatlarga chek qo‘ygan, ularni fosh etgan, tergov va suddan yashiringan shaxslarni ushlagan hollarda lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi.

— Toshkent shahar tumanlari ma’muriy sudlarining shtat birliklari ko‘paytiriladi, tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlari soni oshiriladi;

— transport vositalari haydovchilarining mastligini texnik vositalar orqali aniqlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;

— sutkaning kechki va tungi vaqtida protsessual harakatlarni o‘tkazishda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ularga malakali yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha advokatlar faoliyatini tashkillashtirish choralari ko‘riladi.

— o‘qishga, ishga kirishda yoki boshqa hollarda sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlangan shaxslarning sudlanganligi haqidagi ma’lumotlarni yozib qo‘yish amaliyotiga barham beriladi;

— muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi;

— sutkaning kechki va tungi vaqtida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi soddalashtiriladi;

— "Xavfsiz shahar" apparat-dasturiy kompleksi doirasida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar bo‘limlari shaxsning yuzini va transport vositalarining davlat raqami belgisini intellektual tanib olish tizimi bilan jihozlanadi;

50 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrining ma’muriy islohoti o‘tkazilmoqda

— ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining namuna ko‘rsatgan xodimlariga mahalliy, arzon yengil avtomobillar xarid qilish uchun imtiyozli kredit berish yo‘lga qo‘yiladi;

— pul mukofoti tizimining aniq mezonlarini nazarda tutgan holda jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining faoliyatini baholash tartibi belgilanadi, ya’ni yaxshi ishlagan xodimlar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi;

— respublika ichki ishlar organlarining amaldagi shtat birliklari tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi, Toshkent shahar patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari tuzilmasini takomillashtirish va shtat birliklarini real ish hajmini hisobga olgan holda ko‘paytirish choralari ko‘riladi;

Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
"Odamlarimizni ayaymiz, lekin odamlar yurtini ayamaydi": Toshkent ahliga murojaat
— Toshkent shahar patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining avtomobil parki bosqichma-bosqich qayta jihozlanadi.

2018 yil yakuni bo‘yicha bunday amaliyot respublikaning boshqa hududlarida joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston ichki ishlar organlaridagi tub islohotlar Respublika Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi Farmoniga asosan boshlangan edi. O‘tgan yilda amalga oshirilgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘lib, barcha kuch va vositalar shu yo‘nalishga qaratilgan. Yuqorida qayd etib o‘tilgan Qarorda esa jamoat tartibini saqlash masalasi bosh masala bo‘ldi.

O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tizimida mutlaqo yangi tizim bo‘lgan — Milliy gvardiya tashkil etilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Mazkur qarorda ushbu tuzilmaning huquq-tartibot organlari tizimidagi o‘rni ham qaysidir ma’noda belgilab berildi.

O‘zbekiston poytaxtida jamoatchilik patruli tashkil etilmoqda. Aslida, qayta tiklanmoqda, deb aytish ham mumkin bu haqda. 

Endi yigitlarning vatanga xizmat qilishi jamoatchilik patrul guruhlaridan boshlanadi. Albatta, vatanparvarlik tuyg‘usi yaxshi, lekin jamoatchilik guruhlarida faoliyat ko‘rsatish faqat shu tuyg‘uga asoslanmagan. Guruhning har bir a’zosi sutkaning kechki va tungi vaqtida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha umumiy 100 soatdan kam bo‘lmagan vaqt miqdorida patrullik qilishga jalb etiladi va bu xizmatga (o‘qishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishga asos hisoblanadi.

Hatto, faol jamoatchilik guruhi a’zolariga xizmatga (o‘qishga) tanlov o‘tkazishda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi mumkin.

Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kunu tun uch smenali patrul rejimi tashkil etiladi
To‘g‘ri-da, yoshlar qanaqa kasb tanlayotganini anglab yetishi lozim. Masalan, bo‘lajak jurnalist o‘qishga hujjat topshirishi uchun maqolalari matbuotda e’lon qilinishi lozim, bo‘lajak rassom surat chizib beradi, bo‘lajak xonanda qo‘shiq kuylaydi… Xullas, endi huquq-tartibot organlarida ishlashni, armiyada xizmat qilishni xohlaganlar jamoatchilik guruhlarida patrullik qiladi.

Qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad, Toshkent shahrini tungi vaqtda ham dunyoning eng xotirjam, sokin va tinch shaharlaridan biriga aylantirish. O‘zi shusiz ham halq orasida "Toshkentda kechasi yursang faqat bir kishi bezovta qilishi mumkin — militsiya xodimi", degan gap yurardi. Endi bu butkul isbotini topadigan bo‘ldi.

Poytaxtda kechki va tungi vaqtdi jamoat tartibini saqlash tadbirlariga jiddiy e’tibor qaratilishining sabablari bor.

Yaqin-yaqingacha poytaxt ma’muriyati kechki soat 22.00 dan so‘ng fuqarolarni uydan chiqmaslikka, ya’ni uxlashga majburlardi — dam olish, ko‘ngilochar, ovqatlanish maskanlari yopilardi. Mamlakatga sayyoh va turistlarni kengroq jalb etish siyosatining bir qismi sifatida ushbu taqiqlar olib tashlandi. Huquq-tartibot organlari o‘zlariga xos bosiqlik bilan mazkur jarayonga tezlik bilan moslashmagan ko‘rinadi. Qarorda ularning yangi yashash tarziga moslashtirish belgilangan.

Yana bir muhim jihat: masalaning kompleks hal etilgani — hujjatda sansalorlik, to‘rachilikning oldini olishga qaratilgan qator tadbirlar belgilangan. Xususan, ma’muriy sudyalar sonini oshirish, sutkaning kechki va tungi vaqtida ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish tartibini soddalashtirish, tegishli organlar mutaxassislarining tungi vaqtdagi ishlarini tashkillashtirish, hatto advokatlar faoliyatini ham kechki va tungi vaqtlarga muvofiqlashtirish, har bir IIBni shaxsning yuzidan tanib olish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash — bularning barchasi kechki va tungi vaqtda shahar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlab, avtobuslar bilan daydilarni yig‘ishtirib yurish kabi anchayin eskirgan usulni bartaraf etishga olib kelsa kerak.

Qarorda respublika ichki ishlar organlarining shtatlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan. Demak, ichki ishlar organlari shtat birliklarining yuklamalari, ish hajmi qaytadan o‘rganiladi va tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu ichki ishlar organlari tizimida yana bir jiddiy islohot amalga oshirilishidan darak beradi.

Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sudlanganlik uchun ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi
Quvonadigan tomoni, hozirda ayrim hollarda jamoat tartibini saqlash xizmati xodimining faoliyatini baholash uchun ular shaxsini aniqlash maqsadida olib kelgan shaxslar soni ham hisobga olinadigan bo‘lsa, yangi tartibda mezonlar o‘zgargan. Endi biriktirilgan hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat o‘tayotgan jamoat tartibini ta’minlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim mezoni hisoblanadi.

Qarorda aks etgan muhim o‘zgarishlardan biri — sudlanganlik holati. Prezident IIV, Bosh prokuratura va Oliy Sudga shaxsni muqaddam sudlangan deb topishda qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish borasida topshiriq bergan.

Ma’lumki, qonun hujjatlarida sudlanganlik holatining aniq muddatlari belgilangan. Bu hukm qilingan muddatga proporsional tarzda bo‘ladi. Amaliyotda bu tartib deyarli ishlamagan. Shu sababli Prezident qarorda o‘qishga, ishga kirishda yoki boshqa hollarda sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlangan shaxslarning sudlanganligi haqidagi ma’lumotlarni yozib qo‘yish amaliyotiga barham berishni talab etadi.

Muqaddam sudlanganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish masalasi ham ko‘tarilgan. Bu esa o‘z navbatida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi.

Bir so‘z bilan aytganda qaror O‘zbekiston poytaxtini dunyoning eng xotirjam va tinch shaharga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Tadbirlarni qunt bilan, malakali tarzda amalga oshirish qolgan, xolos.

Yangiliklar lentasi
0