Toshkent mahallarini "Fidoiy yoshlar" patrul guruhlari qo‘riqlaydi

© UzNewsDrujinniki nachali patrulirovat ulisi Tashkenta
Drujinniki nachali patrulirovat ulisi Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoatchilik guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha javobgarlik tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanadi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining har bir mahallasida "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlarini tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining "Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kunu tun uch smenali patrul rejimi tashkil etiladi

Bu guruhlar tarkibi muddatli harbiy xizmatni o‘tash niyatida mudofaa ishlari bo‘yicha tuman bo‘limiga murojaat qilgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar; respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar; ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar orasidan shakllantirilishi nazarda tutilgan.

Jamoatchilik guruhlari tarkibiga kirish mudofaa ishlari bo‘yicha tuman bo‘limlari yoki ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yo‘llanmalar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, guruhlar ular faoliyat olib boradigan mahalla hududida yashovchi yoshlardan shakllantiriladi.

Guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha javobgarlik tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanadi.

Jamoatchilik guruhlarining har bir a’zosi sutkaning kechki va tungi vaqtida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha umumiy 100 soatdan kam bo‘lmagan vaqt miqdorida patrullik qilishga jalb etiladi va bu xizmatga (o‘qishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishga asos hisoblanadi.

O‘zining mahallasida huquq tartibotni ta’minlashda faol qatnashgan jamoatchilik guruhi a’zolariga profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda xizmatga (o‘qishga) tanlov o‘tkazishda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0