General-mayor Jo‘rayev militsiya xodimlarining asosiy kamchiligini aytdi

© GUVD g.TashkentaZamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev
Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtining "bosh militsioneri" - general-mayor Rustam Jo‘rayev ichki ishlar xodimlarini xalqqa yaqinlashtirishga nima to‘sqinlik qilayotgani haqida gapirdi

TOShKENT, 13 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari Rustam Jo‘rayev IIB va xalq o‘rtasida chegara borligini tasdiqladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri. Jo‘rayev bu haqda 9-mart kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida aytib o‘tdi.

Inspektori motogruppi DPS Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashning yangi uslublari joriy etilmoqda

Tadbir davomida jurnalistlar IIBB rahbariga "Militsiya xodimlariga nisbatan xalq ishonchi sezilmayapti? Siz buning boisi nimada deb o‘ylaysiz", degan savol bilan murojaat qilishdi.

General-mayor bu savolga javob berar ekan, huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik munosabatlari nafaqat jurnalistlarni, balki xalqaro olimlarni ham qiziqtirishini ta’kidladi.

"IIB va xalq o‘rtasida chegara bor. Ammo bu xodimlar boshqa davlatlardan kelib qatorimizga qo‘shilmagan, ular o‘zimizning odamlar. Ichki ishlar xodimlarining har biri o‘z vazifasini sidqidildan, qonunan bajarishi kerak. Shundagina chegara yo‘qoladi", — ded IIBB rahbari. Ichki ishlar xodimlarining asosiy kamchiligi haqida to‘xtalar ekan, general-mayor "Ichki ishlar xodimlariga balki ezgulik yetmaydi", degan fikrni aytdi.

"Xalq bizga himoyachi sifatida qarashiga erishishishmiz kerak", — deb qo‘shimcha qildi u.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunga qadar Ichki ishlar organlari faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishlarda yoki bevosita IIB xodimlari bilan uchrashuvlarida ichki ishlar idoralari xodimlari madaniyati, o‘zini tutishi va faoliyatini tanqidiy baholab, ularni xalqqa yaqinroq bo‘lishga da’vat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Jo‘rayevning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq telemuloqoti O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 14-fevral kunidagi "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Kelgusida huddi shunday uchrashuvlar Toshkent aholisi va mehmonlari bilan har o‘n kunda o‘tkazib turiladi.

Yangiliklar lentasi
0