Toshkent shahrining ma’muriy islohoti o‘tkazilmoqda

© Xalqaro press klub50 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta
50 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident apparatidan kelgan xodimlar Toshkent hokimligida hokimlik tizimi va shaharning ma’muriy islohotlari masalalarini o‘rganishmoqda

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Prezident Devoni mas’ul mutaxassislari hokimiyat bilan birga hokimlik tizimi, Toshkent shahrining ma’muriy islohoti va boshqa bir necha sohalarda islohotlarni amalga oshiradi, dedi Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qahramon Oripov.

Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning bosh hokimi kim u: Artikxodjayev o‘zi haqida gapirdi

"Prezident apparatidan bir necha xodimlar kelgan va ular hozir Toshkent shahri xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va yashash turmushini yaxshilash bo‘yicha ishlashayapti", — dedi u.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining aytishicha, jamoa bir vaqtning o‘zida Toshkent shahar hokimligiga ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha barcha normativ hujjatlar va qarorlarga ham o‘zgartish kiritib ketmoqda.

Ayni kunlarda barcha ishlar o‘z yakuniga yetmoqda, shundan kelib chiqib Toshkent shahar hokimligining asosiy vazifalari belgilab berilishi kutilmoqda.

Oripovning ishonch bildirishicha, islohotlar natijasida Toshkent shahar hokimligining xalq oldidagi ishtiroki kuchayadi.

Yangiliklar lentasi
0