Toshkentda kunu tun uch smenali patrul rejimi tashkil etiladi

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 1-iyuldan Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini eksperiment tariqasida joriy etiladi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjat matni Toshkent shahar hokimligi saytida keltirilgan.

Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Hujjat bilan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oliy sudi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2018-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutadigan "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi:

soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimini tashkil etish;

ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo‘linmalari, ma’muriy sudlar, advokatura, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari xodimlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat faoliyatini to‘liq amalga oshirish, keyinchalik sutkaning kunduzgi vaqtida o‘n olti soat davomida ularni bevosita xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;

huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularga chek qo‘yish maqsadida ichki ishlar organlari bo‘linmalari, birinchi navbatda, jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining patrul guruhlari hodisa sodir bo‘lgan yoki signal berilgan joyga maksimal tezkorlik bilan yetib borishini ta’minlash.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV respublika hududida maxsus reydlar o‘tkazilayotganini bildirdi

Patrullik qilish uchun biriktirilgan hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi, ularning o‘z vaqtida oldi olinishi va ularga chek qo‘yilishi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan jamoat tartibini ta’minlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim mezonlari hisoblanadi.

Sutkaning kechki va tungi vaqtidagi faoliyat jamoat tartibini ta’minlash kuchlarining va jalb etilgan davlat organlari bo‘linmalari shaxsiy tarkibining yaqin hamkorligida tashkil etiladi.

Jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida avtomobillarda patrullik qilish aralash tartibda, ya’ni ham avtomobillarda, ham piyoda amalga oshiriladi.

Sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borishga jalb etilgan jamoat tartibini ta’minlash kuchlari va davlat organlari shaxsiy tarkibining faoliyati davriy ravishda sutkaning kunduzgi vaqtidagi ish bilan almashtirib turiladi.

Yangiliklar lentasi
0