IShID jangarilari afg‘on-turkman chegarasida o‘rnashib olmoqda

© AFP 2023 / FARSHAD USYANSotrudnik sil bezopasnosti Afganistana
Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyadan quvilgan yuzlab IShID jangarilari O‘zbekiston chegarasiga juda yaqin masofada joylashib olmoqda. Jangarilar orasida MDH mamlakatlari fuqarolari ham bor.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Ashraf G‘ani Toshkentda O‘zbekiston bilan temir yo‘l qurish, ikkinchi elektr uzatish liniyasi o‘tkazish va boshqa bir talay tinchlik yo‘nalishidagi shartnomalar imzolayotgan bir vaqtda tanituvchi belgisiz vertolotlar Suriyada va Iroqdan qochib chiqayotgan jangarilarni Afg‘oniston shimoliga “ko‘chirib” o‘tkazmoqda.

Suriyadan quvilgan IShID jangarilari uchun yangi uy  

AFP axborot  agentligi xabariga ko‘ra, Afg‘oniston shimolidagi Balx, Jauzjan va Farab viloyatlarida  oxirgi bir necha oy davomida yuzlab chet ellik jangarilar paydo bo‘lgan. Ular sobiq “tolibon”dan farqli o‘laroq, yangi harbiy kiyimlar kiygan va o‘ta yaxshi “jihozlangan”. Kelgindi jangarilar Suriya va Iroq hududidan olib kelgani aniq, chunki ular orasida ko‘plab Yaqin Sharq mamlakatlari, Jazoir va Fransiya fuqarolari bor. Undan tashqari o‘zbek, tojik, kavkaz millatlari ham bor. Shuningdek, ayollar ham ko‘p. Mahalliy aholi aytishiga qaraganda, ular kelib maktab binolari va xususiy uylarni egallab olmoqda.

Vstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston 500 mln dollarlikdan ziyod eksport shartnomasi imzoladi

“Ular mahalliy aholiga nisbatan juda berahm ekanligi ko‘rinib turibdi”, — deydi Darzab uyezdi ma’muriyati vakili. Ular paydo bo‘lganidan keyin bir necha kishi g‘oyib bo‘lib qoldi. Undan tashqari ularni qoralagan masjid imomi ham shafqatsizlarcha o‘ldirildi. Mahalliy aholi orasida ayg‘oqchilar ham ko‘paymoqda. Undan tashqari, ular yosh bolalar va o‘smirlarni kuniga 5,10,20 dollarlik maosh evaziga o‘zlariga yollab olmoqda, — deb xabar bergan edi afg‘on mahalliy OAVlari.

Chekka qishloqlardan biri yaqinida 200 kishilik harbiy lager ham tashkil qilingan. U yerda jangarilar va diversantlar tayyorlanmoqda. IShID hatto 10 yoshli bolalarga ham turli qurollardan va xudkush kamaridan foydalanishni o‘rgatmoqda.

Kelgan jangarilarning aksariyati, yangi harbiy forma yoki IShIDning qora kiyimini kiygan.  Qurolari ham yangi va zamonaviy. Ular orasida hatto “injenerlar” ham bor. Xususan, ikki nafar xorijlik tog‘ jinslarini tekshirib qimmatbaho metallar izlaganini guvohi bo‘lganmiz, deyishdi mahalliy aholi vakillari.

gorod Termez - Sputnik O‘zbekiston
Termizda Afg‘oniston konsulxonasi ochiladi

Ko‘chib kelgan jangarilarda motosikllar bor. Ulardan bir necha kishi har kuni motosiklda chegaragacha borib qaytib kelib turishibdi. Ular bir nimalarni o‘rganishmoqda.

Afg‘on hukumati vaziyatga aralashmayapti

Afg‘on hukumati IShID jangarilari to‘planayotganidan yaxshi xabardor bo‘lsada, hozircha vaziyatga aralashishni istamayapti. Balkim ularga bir necha yildan beri “foydali maslahatlar” berib borayotgan AQShlik harbiylar bunday qilmaslikka undayotgandir.

Nima bo‘lganda ham, qo‘yidagi voqeani e’tiboringizga havola etamiz. Afg‘oniston Xavfsizlik xizmati, Qunduz viloyati bo‘limida ishlaydigan xodim guvohlik berishiga ko‘ra, IShID jangarilari 5-10 kishilik guruhlarga bo‘linib harakatlanar ekan. Bir safar afg‘on xavfsizlik kuchlari ana shunday guruhlardan birni qurshovga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Jangarilar o‘zaro ruscha gaplashishidan, bular sobiq MDH fuqarolari degan xulosaga kelishgan. Jang qizib IShID guruhi mag‘lubiyatga ozgina qolganda NATO askarlari yetib kelib. “Ularni bizga qo‘yib beringlar. Sizlar o‘z ishlaring bilan shug‘ullanaveringlar”, — deyishgan. Shundan so‘ng NATO va IShID askarlari xuddi eski qadrdonlardek, quchoq ochib ko‘rishishgan va qorong‘uda g‘oyib bo‘lishgan.

Pentagon Afg‘oniston, Suriya va Iroqda qancha amerika askari borligini aytdi

Xodim aytishiga qaraganda Qunduz viloyatida joylashib olgan jangarilarning aksariyati tojiklar bo‘lib, ular mahalliy hukumat yordamida o‘zlariga kerakli hujjatlarni ham rasmiylashtirib olishgan va mamlakat hududi bo‘ylab bemalol harakatlanib yurishadi. Ba’zilar hatto qo‘shni mamlakatlar hududiga borib kelayotgan bo‘lsa ajab emas.

Tolibon IShIDga bo‘y sunmagani uchun – yo‘q qilinmoqda.

Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay aytishiga qarganda, bir vaqtlar mamlakatning 40% hududini nazorat qilgan Tolibon jangarilari asosan mahalliylardan iborat bo‘lgan va shu sababdan aholiga nisbatan shafqatli bo‘lgan. Ular boshqaruvi ostida bo‘lgan yerlarda o‘ziga yarasha tartib-qoida va xavfsizlik o‘rnatilgan.

Suriya va Iroqda dastlabki yillarda muvaffaqiyatga erishgan IShID Afg‘oniston hududiga ham da’vo qila boshlaganda tolibon ularga bo‘ysunishdan bosh tortgan edi. Ikkala guruh bir-biriga, qarshi urush e’lon qildi. Shundan so‘ng, tez vaqt ichida tolibon bir necha qo‘mondonlarida ayrildi. Aksariyat hollarda, ular uchuvchisiz apparatlar yordamida AQSh tomonidan yo‘q qilindi.

Voyenniy attashe posolstva Rossii v Uzbekistane Sergey Chernishev - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston tomonidan xavf paydo bo‘lsa Rossiya ham chetda qolmaydi - harbiy attashe

“Oxirgi bir yarim yil davomida amerika qo‘shnlari faqat tolibonni nishonga olmoqda. Ular bergan nuqtali zarbalar tufayli biz ko‘plab do‘stlarimizni yo‘qotdik. Biz amerikaliklar va boshqa xorijiy kuchlar DAIShni qo‘llab quvvatlayotganini yaqqol sezayapmiz”, — deydi tolibon dala qo‘mondonlaridan biri mulla Abdul Quddus.

Muxammad Raxim ismli qudduslik mahalliy fuqaro ayishiga qaraganda, AQSh havo zarbalari berishda o‘ta g‘alati holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, tolibon jangarilari bor deb xabar tarqalgan Said-Azam, Garo-Qishloq va Sarosiyob qishloqlarining tinch aholisi AQSh zarbalaridan zarar ko‘rgan. Vaholanki, zarba berish vaqti tolibon u yerdan uzoqda bo‘lgan. IShID jangarilari haqiqatdan bor bo‘lgan qishloqlarga esa –  “u yer tinch” deb zarba berishmagan.

Shuningdek Muhammad Rahim, ayni damda Quddus juda xavfli joyga aylanib qolganini xabar qilmoqda. Tolibon qo‘mondoni Abdul Salam bu yerda tartib saqlab turar edi. AQSh uni Rossiyaning ittifoqchisi deb, yo‘q qildi. Endi bo‘lsa bu yerda Afg‘on tolibonlari o‘rnida chet ellik yollangan jangarilar xo‘jayinlik qilmoqda. Ular uchun hech qanday qonun yo‘q.

Afg‘onistonda “IShID”ning maqsadi nima?

Birinchidan, Suriya va Iroqdan qochib qolgan jangarilarn  saqlab turish va ko‘paytirish uchun yangi makon.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston harbiylari tomonidan bir kunda 70 dan ortiq jangarilar yo‘q qilindi

Ikkinchidan, Afg‘oniston hududida doimiy urush o‘chog‘ini saqlab turish va shu yo‘l bilan Xitoyning Afg‘oniston hududida rejalashtirilayotgan yirik  tijorat loyihalarini amalga oshirishga yo‘q qo‘ymaslik. Maslan, Turkmanistondan Afg‘oniston orqali gaz quvuri tortib o‘tish loyihasi. 

Uchinchidan, Kelajakda ular yordamida Turkmaniston hududiga bostirib kirish. U yerdagi neft va gaz konlariga xo‘jayinlik qilish.

To‘rtinchidan, butun  O‘rta Osiyoni notinch hududiga aylantirish.

Beshinchidan, Notinch O‘rta Osiyo orqali Rossiyaga bosim o‘tkazish. O‘rta Osiyo mamlakatlari va Rossiya  orasida sovuqlik tushurish, MDH mamlakatlari orasida viza tartibini qo‘llashga majburlash va ularni bir-biridan uzoqlashtirish. 

IShIDning Afg‘onistonga ko‘chishiga kim yordam berdi?

Suriyada Rossiya Harbiy havo kuchlari yordamida amalga oshirilgan operatsiya natijasida terrorchilar tor-mor qilindi. Bugun ularga "sichqon ini ming tanga" bo‘lib qolgan, qayerga borishni bilmaydi.

Mi-17 harbiy vertoleti - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida harbiy vertolet qulab, 8 kishi qurbon bo‘ldi

“IShID jangarilari tanituvchi belgilari bo‘lmagan vertolotlarda Afg‘oniston hududiga ko‘chirilmoqda”, — degan edi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova biroz oldin OAV vakillariga.

Zaxarova aytishiga qaraganda, tanituvchi belgilari bo‘lmagan vertolotlarda bir guruh IShID jangarilari va bir necha quti qurol-aslaha Afg‘oniston sharqiga olib borib qo‘yilgan. 

Afg‘oniston parlamenti quyi palatasining deputati — Hoji Zohir Qodir ushbu vertoletlarni shaxsan o‘zi ko‘rgan va ular amerikaliklarga tegishli ekanini tasdiqlagan edi. 

IShID bu yerda ham o‘zining “qora ishini” boshladi

Bir necha kun oldin ular Badaxshon yaqinidagi afg‘on armiyasining blok-postiga hujum qilib u yerdagi askarlarning boshini tanasidan judo qilishgan. Hukumat tarqatgan ma’lumotga ko‘ra 3 nafar askar o‘ldirilgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra – 10 kishi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, 3-dekabr kuni afg‘on-tojik chegara qismida qurollangan to‘da chegarachilarga hujum qilgan. Tojikiston chegara qo‘riqlash ofitseri qurbon bo‘lgan, 4 nafar  askar jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0