Afg‘oniston shimolida harbiy vertolet qulab, 8 kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishMi-17 harbiy vertoleti
Mi-17 harbiy vertoleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" ekstremistik harakati vakilining so‘zlariga qaraganda - bu ularning ishi.

TOShKENT, 9 okt  — Sputmik. Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatida vertolet qulashi oqibatida kamida 8 kishi qurbon bo‘ldi,  deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press mamlakat Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakili Davlat Vazirining aytishiga qaraganda 3 ekipaj a’zosi va 5 soldat qurbon bo‘lgan. Vazirining so‘zlariga qaraganda  voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

"Tolibon" ekstremistik harakati vakili esa — ushbu vertoletni ular urib tushirganini ta’kidlamoqda.

Harbiy bertolot Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lan viloyatining Dand-gori uyezdida halokatga uchragan.Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

Yangiliklar lentasi
0