TOShKENT, 28 noya — Sputnik. 30-sentabr ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi AQSh harbiylari soni 15,3 ming nafarga yetgan. Iroqda bu ko‘rsatkich — 8,9 ming nafarni, Suriyada esa — 1,72 ming nafarni tashkil etadi. RIA Novosti xabariga asosan.
Dushanba kuni Pentagon tomonidan chop etilgan infografikada xuddi shunday raqamlar aks etgan.
2016 yilning oxirida, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama davrida, Afg‘onistondagi amerika kontingenti 8,4 ming nafar harbiyni tashkil etgan edi. Joriy yil avgust oyida Pentagon ushbu raqamlar 11 ming ekanligiga aniqlik kiritdi.
Sal keyinroq OAVlari Tramp bu sonni yana 3 mingtaga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdilar.
AQShning Yaponiyadagi askarlari soni — 45 mingga yaqin, Germaniya — 36 ming, Janubiy Koreyada esa — 25 ming nafarga yaqindir.
Amerikaning chet davlatlardagi harbiylari soni jami — 257,3 ming kishini tashkil qiladi.