TOShKENT, 22-may — Sputnik. Afg‘oniston davlat xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida, 71 ta qurollangan jangarilar yo‘q qilindi. Bu haqda Sinxua agentligi Afg‘oniston ichki ishlar vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Afg‘oniston milliy mufodaa va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda ayrim viloyatlarni terrorchilardan tozalash bo‘yicha 12 ta maxsus operatsiya o‘tkazishdi. Operatsiyalar natijasida ohirgi 24 soat ichida 71 nafar jangarilar yo‘l qilindi", — deb qo‘shimcha qildi Sinxua agentligi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, maxsus operatsiyalar Nangarxar, Gilmend, Lagman, Farax, Qunduz, Gur, Vardak i Zabul provinsiyalarda o‘tkazildi. Shuningdek, hozirgi vaqtda 40 nafardan ortiq jangarilar yaralandi va 7 nafar qo‘lga olindi.
Mahalliy aholi va harbiylar o‘rtasida halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar haqida ma’mulotlar mavjud emas.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.