O‘zbekiston va Afg‘oniston 500 mln dollarlikdan ziyod eksport shartnomasi imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva
Vstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va G‘ani kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdilar

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bo‘lgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Afg‘oniston prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0