Afg‘oniston tomonidan xavf paydo bo‘lsa Rossiya ham chetda qolmaydi - harbiy attashe

© SputnikVoyenniy attashe posolstva Rossii v Uzbekistane Sergey Chernishev
Voyenniy attashe posolstva Rossii v Uzbekistane Sergey Chernishev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Afg‘oniston bilan chegarada vaziyat murakkablashgan taqdirda, O‘zbekiston va Rossiya birgalikda harakat qiladi, chunki ushbu ikki mamlakat nafaqat qo‘shni, balkim umumiy tarixga ega bo‘lgan ittifoqchidir"

TOShKENT, 12-oktabr — Sputnik. O‘tgan haftada oxirgi 12-yil daomida Jizzax viloyatida yuqori tog‘ hududida joylashgan harbiy poligonda Rossiya — O‘zbekiston harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Sputnik  muxbiri ushbu munosabat bilan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi Sergey Chernishevga murojaat qildi.

"O‘zbekiston va Rossiya uchun eng katta xavf bu — Afg‘oniston tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan xavfdir. Mabodo vaziyat murakkablashgan taqdirda O‘zbekiston ham Rossiya ham chetda qolmaydi. Bizning ikki mamlakat birgalikda harakat qilishiga to‘g‘ri keladi, chunki biz eng kamida qo‘shnilarmiz. Men birgalikda kechgan tarix, va bizning nafaqat ittifoqchi yoki hamkor ekanligimizni aytmayapman", — dedi harbiy attashe.

O‘tgan haftada Jizzaxda bo‘lib o‘tgan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida 400 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Rossiya va O‘zbekiston harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari davomida tog‘ hududi sharoitida chegaradan o‘tgan terrorchi va banditlar guruhlariga qarshi birgalikda operatsiyalar o‘tkazish uslublarini, ikki tomon foydalanayotgan qurol-aslahalarni o‘rganishdi.

Chernishev: ucheniya – vajneyshaya chast sotrudnichestva
Yangiliklar lentasi
0