Trampning Yaqin Sharqdagi yurishi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishStariy gorod v Iyerusalime
Stariy gorod v Iyerusalime - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Quddus Isroil poytaxti deb tan olinganligini e’lon qildi va Amerika elchixonasi ushbu shaharga ko‘chirilishini bildirdi

Rostislav Ishenko

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining saylovoldi va’dasini va Kongressning 1995-yildagi rezolyutsiyasini bajarishga qaror qildi hamda AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirishni haqida topshiriq berdi. U bu bilan mazkur shaharni Isroil poytaxti deb tan oldi. Bu AQShning Yaqin Sharq uchun kurashishga qaror qilganini bildiradi. Ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda kurash olib borishni davom ettirishga zaxirasi qolmagan AQSh yana o‘sha sinalgan tartibsizlik uslubidan foydalanishga urinmoqda.

Siyosiy shaxmat

Gap shundaki, har qanday tizimli o‘yinda (shaxmatda, urushda, siyosatda) xaotizatsiyadan (tartibsizlik uyushtirish, alg‘ov-dalg‘ov qilish) ko‘zda tutilgan yo‘llar mag‘lubiyatga olib borishi muqarrar bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Tizimli joylashuvni alg‘ov-dalg‘ov qilish zaif va kuchli tomonlarning har birini teng vaziyatga keltirib qo‘yadi. Navbatdagi yurishlarni bevosita taxta ustida hisob-kitob qilish kerak bo‘ladi, oldingi hisob-kitoblarning barchasi yo‘qqa chiqadi. Nazariy jihatdan bunday sharoitda tomonlarning teng boshqaruv birliklaridagi xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli bir xil bo‘ladi. Zaif tomon kamroq boshqaruv birligi bilan harakat qilgani uchun kamroq xato qilish ehtimoli mavjud va u g‘alabaga erishmasa ham, hech bo‘lmaganda durangni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman - Sputnik O‘zbekiston
Isroil Mudofaa vaziri yahudiylarni Fransiyani tark etishga chaqirdi

Shuning uchun AQSh Obama davrida jahon siyosatida tartibsizliklar uyushtirganida bu ularning zarariga ishladi. O‘sha paytlarda ular kuchli tomon edilar va global siyosiy makonni alg‘ov-dalg‘ov qilib o‘z ustunliklaridan ayrilishdi.

Bugungi kunda Yaqin Sharqda vaziyat o‘zgardi. AQSh o‘z o‘rnini yo‘qotdi, barcha zaxira va ittifoqchilaridan foydalanib bo‘ldi, Rossiya esa bularning barchasiga ega bo‘ldi. Shu sababli mintaqani qaytadan alg‘ov-dalg‘ov qilishga urinish AQSh manfaatlariga xizmat qiladi.

Bu Rossiyaning harbiy-siyosiy qarama-qarshilikda erishgan g‘alabasini diplomatik jihatdan mustahkamlashiga hech bo‘lmaganda vaqtincha xalaqit beradi. Vashington uchun Rossiyaning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari tartibsiz vaziyatni turlicha baholashlari qo‘l kelishi mumkin. Ular orasidagi qarama-qarshiliklar strategik rejalar hisob-kitobi darajasida kuchayishi, vaziyat rivojlanishiga qarab AQShga ularni bir-biriga qarshi qo‘yishga imkon berishi mumkin.

Ammo bularning bari kelajakda bo‘lishi mumkin. Hozircha esa Tramp Yaqin Sharqda piyodani (Isroil) qurbon qilishni taklif etmoqda. Hattoki Yevropada kuchliroq donani (YeI) qurbon qilishga tayyorligini ham ko‘rsatmoqda.

U nega bunday qilyapti? Axir u ham o‘zidan oldingi prezidentlar singari bir yilda ikki marta elchixonani ko‘chirishni ortga surish haqida farmon imzolashi va hamma bundan qanoat hosil qilishi ham mumkin edi-ku.

Mintaqada yetakchi bo‘lish uchun kurash

Gapni Rossiyaga moyil koalitsiya amalda Isroilning dushmanlaridan iborat ekanligidan boshlaymiz. Yahudiylar davlati 1967-yil iyunida Golan tepaliklarini ishg‘ol qilib olgach, Suriya keyingi o‘n yilliklar davomida Isroil bilan Livanga ta’sir ko‘rsatish uchun to‘qnashib kelgan. Bundan tashqari, Tel-Aviv Suriyada yakuniga yetayotgan fuqarolar urushi davrida ushbu davlatga yaqqol qarshi mavqeni egalladi, terrorchilarga qarshi kurashayotgan Suriya hukumat kuchlariga turli bahonalar bilan bir necha marta zarbalar berdi.

Eron Isroilni dengizga cho‘ktirib yuborish istagini hech qachon yashirmagan. U yahudiylar davlati timsolida o‘rta asrlardagi salbchilar davlatiga o‘xshagan G‘arb plasdarmini (hujum boshlanadigan joy) ko‘radi va aynan mana shu yerdan harbiy tahdid kelib chiqishi hamda buni faqatgina Isroilni yo‘q qilish orqali bartaraf etish mumkin deb hisoblaydi.

Izrailskiy politseyskiy - Sputnik O‘zbekiston
Isroillik diplomatlar Turkiyaga “avval o‘ylab, keyin so‘ylash”ni maslahat berishdi

Turkiya ilgari Isroil bilan juda yaqin, konstruktiv va tadbirkorlik munosabatlariga ega edi. Lekin o‘tgan o‘n yilliklar davomida munosabatlar sovuqlashib bordi, oxirgi besh yil ichida esa ochiqchasiga buzildi. Bu Turkiya Asadga qarshi koalitsiyada bo‘lganida unchalik sezilmagan edi. Ammo Erdo‘g‘on yorug‘lik tomoniga o‘tgach, Isroil-Turkiya munosabatlari Isroil-Eron munosabatlari darajasiga yaqinlashib qoldi. Bundan tashqari, Quddus masalasida Anqaraning tutgan mavqeyi Tehronnikidan ham ko‘ra qat’iyroq chiqdi. Erdo‘g‘on agar Amerika Quddusni Isroil poytaxti deb tan oladigan bo‘lsa (buni AQSh elchixonasining ko‘chirilishi isbotlaydi), Turkiya Tel-Aviv bilan diplomatik aloqalarni uzishi haqida ogohlantirdi. Erdo‘g‘on bu butun dunyo musulmonlari uchun qizil chiziq ekanligini aytdi va yaqin bir yarim hafta ichida Istanbulda Islom hamkorlik tashkiloti konferensiyasini chaqirishga va’da berdi.

Erdo‘g‘on yuzaga kelgan inqirozdan Turkiyaning islom olamida yetakchi mavqeni egallashida foydalanmoqchi va bu Anqaraning mintaqaviy yetakchi maqomini ham mustahkamlaydi.

Lekin mintaqada yetakchi bo‘lishga Eron va Saudiya Arabistoni ham da’vogarlik qilmoqda. Ar-Riyod Tel-Aviv bilan an’anaviy ittifoqchilik munosabatlariga ega va Saudlar paydo bo‘lgan ziddiyatni yumshatishga hamda uni uzoq davom etuvchi muzokaralar jarayoniga aylantirishga urinishi mumkin. Shialar yetakchisi bo‘lgan Tehron esa uzoq davom etgan hamda ko‘rfazning sunniy davlatlari, terrorchilar xalifaligi, Vashington va Isroil (norasmiy) unga qarshi chiqqan Yaqin Sharq nizosi davomida radikallashib ketgan.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak

Endilikda "Hizbulloh" mintaqadagi nafaqat yagona, balki eng radikal shialar guruhi emas. Agar Tehron mintaqaviy yetakchilikka da’vo qiladigan bo‘lsa (u buni xohlaydi) o‘z mijozlari kayfiyati bilan ham hisoblashishga majbur. Ayniqsa, Erdo‘g‘onning radikal mavqeyi ortida.

Agarda islom olami (ko‘pchilik bo‘lib) Quddus masalasida radikal mavqeni egallasa, u holda Saudiya Arabistoni uchun harakatlanish makoni kamayadi. U hech bo‘lmaganda so‘z bilan ko‘pchilikning qarorini qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.

Arab va arab bo‘lmagan musulmon xalqlari birdaniga Isroilga qarshi urush boshlab yuborishmaydi. Biroq, birinchidan, barcha Falastin tashkilotlarini (islomning qaysi mazhabiga e’tiqod qilishidan qat’i nazar) qo‘llab-quvvatlash keskin kuchayadi. Isroilga qarshi kurashayotgan radikal guruhlar terrorchi deb tan olinmaydi. Ikkinchidan, yahudiylar davlati diplomatik qamal ichida qoladi. Uchinchidan, hech bo‘lmaganda Isroilga qarshi islomiy sanksiyalar qo‘llash masalasi muhokama qilinadi.

Musulmonlar Yevropasi qanday javob qaytaradi?

AQSh Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskin yomonlashtirishdan tashqari, YeI uchun ham muammolar keltirib chiqarmoqda. Bir tarafdan, asrlar davomida antisemitizmdan jabr chekkan va Gitlerning yahudiylarni qatliom qilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun aybdorlik hissidan to‘la qutulmaganligi bois Yevropa urushdan keyingi o‘n yilliklar davomida Isroilni qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lib kelgan. Yevropa siyosati va OAVda yahudiylarning qudratli lobbisi (ma’lum bir manfaatlarni himoya qiluvchi siyosiy guruh) hali-hamon mavjud. Yevropa qadriyatlari asosida tashkil etilgan yahudiylar davlati madaniy jihatdan arablar, turklar yoki eronliklarga nisbatan YeIga yaqinroq. Lekin ikkinchi tarafdan, keyingi o‘n yilliklar davomida YeIga juda ko‘plab musulmonlar kirib keldiki, ularning qarashlarini inkor etib bo‘lmaydi.

YeI rahbarlari ilgari ham Vashington tomonidan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishi ehtimolidan tashvish bildirib kelishgan. Va Fransiya prezidenti Makronning ilk munosabati salbiy bo‘ldi. Merkel parlament koalitsiyasini tuzish masalasini hal qila olmasligi va hozircha ichki siyosiy masalalar bilan o‘ralashib qolganligini hisobga oladigan bo‘lsak, Makron YeI nomidan gapirdi deb hisoblash mumkin.

Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: IHT TIVK Falastinni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi

Bu harakat YeI va AQSh o‘rtasidagi ziddiyatlar sonini oshiradi, YeIni hech bo‘lmaganda bayonot tarzida bo‘lsa ham Isroilning Quddus ustidan hukmronlik o‘rnatishga urinishi masalasida musulmonlar bilan birlashishga majbur qiladi. Lekin eng asosiysi, bu YeI ichidagi hali ham kuchli bo‘lgan yahudiylar lobbisi va kuchayib borayotgan musulmonlar o‘rtasidagi ziddiyatni yanada keskinlashtiradi. YeIda islomofobiya aholi orasida rivojlanib borayotgan bir paytda Isroil hukumatning rasmiy tutgan o‘rniga qaramasdan jamoatchilik harakatlari va siyosiy partiyalar ko‘rinishida o‘ziga kuchli ittifoqchilar topishi mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, AQSh uchun ideal vaziyatda ulkan mintaqa (butun Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va butun YeI – bir milliard kishi yashaydigan mintaqa) tartibsizliklar ichida qoladi.

Tartibsizlikning uch ko‘rinishi

Darvoqe, ta’sirga ega yahudiylar jamiyati va kattagina nufusli musulmon aholiga ega Rossiya ham yumshoq shaklda bo‘lsa-da ichki nizoga duch keladi.

Umumiy hisobda, tartibsizlikning uch ehtimoliy ko‘rinishi mavjud. Birinchidan, Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashishi muqarrar. Ikkinchidan, butun dunyo musulmonlarining keskin noroziliklari yuz beradi (Indoneziyadan tortib Marokash va Nigeriyaga qadar). Uchinchidan, Yevropa va yumshoqrok shaklda Rossiyada vaziyat beqarorlashishi mumkin.

Fotojurnalist Ammar Abdulla (Siriya).  Begushie ot smerti - Sputnik O‘zbekiston
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyada kasalxonaga zarba berdi

Bularning bari allaqachon shakllangan ittifoqlar orasida keskin raqobatni keltirib chiqaradi, Rossiya tomonidan mintaqa mamlakatlari orasidagi yo‘q qilingan qarama-qarshiliklarni yana kuchaytiradi. Eng yomon ehtimolda esa, bu yadro quroli (Isroil), kimoviy yoki bakteriologik qurol (arablar) ishlatilishi mumkin bo‘lgan keng miqyosli harbiy nizoga olib kelishi mumkin. Ushbu inqirozga Yevropaning ham aralashishi e’tiborga olinsa, nizoda yadroviy hukumatlar – BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari (Fransiya, Buyuk Britaniya) ham ishtirok etishigacha yetib borishi mumkin.

Lekin inqirozning eng yaxshi, yumshoq shaklida ham Suriya va Iroq bo‘yicha tinchlik kelishuvlariga erishish hamda Yaqin Sharqda yangi mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish Rossiya uchun qiyin bo‘ladi. Ittifoqchilar orasidagi ziddiyatlarni hal qilish va ularning Isroil bilan nizosini tinchlik bilan hal etish yo‘lini izlashga to‘g‘ri keladi.

Vashington uchun yana bir yutuq esa Isroilning bu “Danay tuhfasi”ni (sovg‘ani olayotgan tomonga xatar keltirishi mumkin bo‘lgan sovg‘a) rad etmasligidir. Shunday ekan, Tel-Aviv Amerikaning Yaqin Sharq borasidagi siyosatiga sodiq ittifoqchi sifatida mahkam yopishib oladi – chunki boshqa yo‘li ham yo‘q.

Amerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Senator Korker: Tramp harakatlari uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin

Nihoyat, bundan shaxsan Tramp uchun ham yutuq bor. Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish orqali u o‘zining ko‘plab saylovoldi va’dalaridan hech bo‘lmasa bittasini bajargan bo‘ladi. Va Klintonning globalistlar guruhi unga xalaqit bera olmaydi, zero Tramp Kongress bir paytlar chiqargan qarorni amalga oshiradi xolos.

Bundan tashqari, Tramp Yevropadagidan ko‘ra AQShda ancha kuchga ega axborot-siyosiy yahudiylar lobbisi uchun o‘zlarining prezidentiga aylanadi. Obamaning antiisroil Yaqin Sharq siyosati hisobga olinsa, Klintonning globalchi demokratlari ko‘p narsalardan mosuvo bo‘lishmoqda. Tramp esa ikkinchi muddatga saylanish uchun jiddiy qadam tashladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazari bilan mos kelmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0