Isroillik diplomatlar Turkiyaga “avval o‘ylab, keyin so‘ylash”ni maslahat berishdi

© REUTERS / Ammar AwadIzrailskiy politseyskiy
Izrailskiy politseyskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroil TIV Turkiyaning G‘azo mintaqasi bombardimon qilinishiga oid tanqidini “asossiz ayblovlar” deb atadi va Anqaradagi hamkasblariga bunday bayonot bilan chiqishdan oldin “ikki marta o‘ylash” kerakligini maslahat berdi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Isroil TIV Turkiyaning G‘azo mintaqasi bombardimon qilinishiga oid tanqidini “asossiz ayblovlar” deb atadi va Anqaradagi hamkasblariga bunday bayonot bilan chiqishdan oldin “ikki marta o‘ylash” kerakligini maslahat berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Turkiya bilan munosabatlarning izga tushishi uning asossiz ayblovlariga nisbatan jim turishimizni anglatmaydi", — deyiladi Isroil TIV bayonotida.

Turkiya ilgariroq isroilliklarni G‘azo mintaqasida “noproporsional” kuch ishlatishda ayblagandi. Isroil HHK Sderota shahri yaqiniga Falastindan otilgan raketa tushgach jangarilar marralariga zarba bergandi. O‘zaro zarbalar oqibatida Isroil tomonidan hech kim jabr ko‘rmagan, falastinlik shifokorlar ikki nafar fuqaro yaralanganini xabar qilishgandi.

"Isroil xalqaro huquq meyorlari, burch va vijdoniga asosan o‘z fuqarolarini har qanday raketa hujumlaridan himoya qilishda davom etadi", — deb bayonot berdi tashqi ishlar vazirligi.

"Turkiya boshqa mamlakatlarning harbiy harakatlarini tanqid qilishdan oldin ikki marta o‘ylab olishi kerak”, — deb maslahat berishdi isroillik diplomatlar.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Isroil bilan munosabatlarning yaxshilanishi Falastin xalqini himoya qilish uchun to‘siq bo‘la olmasligini ta’kidladi. "Aksincha, biz Falastindagi vaziyat hamda xalqaro huquq va eng avvalo axloq meyorlarining Isroil tomonidan buzilishini kuzatib turishda davom etamiz", — deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0