Senator Korker: Tramp harakatlari uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin

© REUTERS/Lucas JacksonAmerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp
Amerikanskiy milliarder i televedushiy Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorga ko‘ra, Tramp Twitterdagi yozuvlari orqali AQShning diplomatik urinishlariga ko‘plab marotaba ziyon yetkazgan

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Amerikalik respublikachi-senator, Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita rahbari Bob Korker New York Times nashriga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp, boshqa davlatlarga tahdid qila turib, mamlakatni "uchinchi jahon urushi yo‘liga" chiqarishi mumkinligini aytdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp BMT minbaridan nimalarni so‘zladi?
Senatorning fikricha, Tramp Oq uyda egallab turgan lavozimiga go‘yoki realiti shouga nisbatan munosabatda bo‘lmoqda. "U meni tashvishga solyapti. U millatimizga befarq bo‘lmagan har qanday insonni tashvishga soladi" — deb ta’kidladi Korker.

Senatorga ko‘ra, Tramp Twitterdagi yozuvlari orqali ham AQShning diplomatik urinishlariga ko‘plab marotaba ziyon yetkazgan. "Bir necha holatlarda u o‘zining tvitlari bilan bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarga zarar yetkazgan", — deb aytgan senator aniq misollarni keltirmagan holda.

Ilgariroq Bob Korker 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda uchinchi bor olti yillik muddatga saylanmasligini ma’lum qilgan edi. Donald Tramp Korkerning ushbu qaroridan so‘ng Twitterda saylovlarda ishtirok etish uchun senatorning "ichagi ingichkalik" qilishini yozdi. Oq uy rahbari shuningdek, Davlat kotibi lavozimini so‘ragan Korkerga rad javobini berganligini va uni Eron bilan yadro kelishuvida ayblaganini qo‘shimcha qilgan.

KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya Tramp nutqiga javoban Tinch okeanida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazmoqchi

Trampning ushbu xabarlariga javob tarzida Korker o‘z Twitterida Oq uy "kattalar uchun bolalar bog‘chasi"ga aylanganini ma’lum qilgan.

So‘ngi vaqtlarda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida keskin bayonotlar "almashuvi" ro‘y bermoqda. Qo‘shma Shtatlar prezidenti BMT minbaridan turib "agar KXDR AQShga tahdid qiladigan bo‘lsa, uni to‘liq yo‘q qilishini" aytib tahdid qildi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bunga javoban tarixdagi eng keskin javob choralarini qo‘llashga va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0