TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya zarbasidan 6 kishi qurbon bo‘ldi 10 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Suriyaning SANA axborot agentligi.
Axborot agentligi xabariga ko‘ra, zarba Abukemal aholi punktida joylashgan Aisha nomli kasalxonaga berilgan. Bu iyul oyida koalitsiyaning tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelgan to‘rtinchi aviazarbasidir.
Bundan oldin Al-Mayadin shaharchasi va At-Deblyan qishloqlariga berilgan zarbalardan 95 nafar tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar ham qurbon bo‘lgan edi, deb xabar qilmoqda SANA.
Umumiy hisobda AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqda o‘tkazilgan jangovar operatsiyalari davomida 600 dan ortiq tinch aholi qurbon bo‘lganini tan olgan edi.