Shavkat Mirziyoyev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak

© Sputnik / Sergey SubbotinO‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan holi hududlar geografiyasini kengaytirishdan iborat. Mamlakat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi", - deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi o‘z ishini boshladi.

IHTga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida IHT TIVKning 43 sessiyasi o‘z ishini boshladi
Yaqin Sharqda yadro qurolidan holi hududni barpo etish Islom Hamkorlik Tashkilotining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lishi lozim, deb ta’kidladi seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkentda boshlangan IHT TIVK kengashi ochilish marosimida.

""O‘zbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan holi hududlar geografiyasini kengaytirishdan iborat. Mamlakat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi", — deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida", — deb ta’kidladi Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida.

Mirziyoyev IHT TIVKning yaqin bir yil ichidagi ustuvor vazifalaridan biri ana shunday hududni barpo etish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonning raislik davomidagi muhim vazifalari to‘g‘risida so‘zlar ekan, Shavkat Mirziyoyev IHTga a’zo davlatlarning intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatini mustahkamlash va taraqqiy ettirish zaruriyatini ta’kidlab o‘tdi.

IHT TIVKning ochilish marosimida, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Kamilov ham nutq so‘zladi.

Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston TIVKning amaldagi raisi sifatida o‘z sheriklari bilan hamkorlikda IHT salohiyatini yanada kengaytirish va hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga munosib hissa qo‘shish hamda Tashkilot  Nizomida belgilangan oliy maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashishga umid bildirdi.

"Xavfsizlik masalasini hal etishda IHTga a’zo davlatlarning birdamligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi kurashda ularning kuchlarini birlashtirish muhim rol o‘ynaydi", — ta’kidladi u.

Qur’on o‘qish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin
Toshkentdagi yig‘ilish davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilot TIVKda O‘zbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

IHT 1969-yil sentabrda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta’minlash uchun tashkil etilgan. 2011-yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a’zo. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Rossiya 2005-yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0