Hukm oldidan muzokara: Jasur Ibrohimov o‘limida birgina Islom To‘laganov aybdormi?

© Dilshoda RaxmatovaPreniya advokatov, delo Jasura Ibragimova
Preniya advokatov, delo Jasura Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba, 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida ayovsiz kaltaklanishi natijasida olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Navbatdagi sud majlisida marhum Jasur Ibrohimovning onasi Nilufar Aliyevaga so‘z berildi. Shuningdek, jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning advokatlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Sud majlisi yakunida esa ayblanuvchi Islom To‘laganov so‘nggi so‘zini aytdi.

Islom Tulaganov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur mard bola edi, u vrachlar xatosi tufayli hayotdan ko‘z yumdi - Islom To‘laganov

Sud majlisi ochiq deb e’lon qilinganidan so‘ng, sudya so‘zni marhum Jasur Ibrohimovning onasi — Nilufar Aliyevaga berdi.

"Men o‘ldirilgan o‘g‘lim himoyasi uchun so‘zga chiqdim"

Jabrlanuvchi Nilufar Aliyeva o‘z so‘zi avvalida inson hayotiga su’iqasd qilish eng og‘ir jinoyatlardan biriligini eslatib o‘tdi. So‘ngra davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan noqonuniy xatti-harakatlarni birma-bir sanadi. Aliyevaga ko‘ra, avval boshdanoq yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik — bu jinoiy ishning 28 kun kechikish bilan qo‘zg‘atilgani bo‘lgan.

"Shuningdek, tergov ham sifatsiz va g‘alati tartibda o‘tkazilgan: guvohlarning so‘roqqa tutilishi noxolis kechgan, ushbu faktni sudda ishtirok etgan guvoh Malika Siddiqova tasdiqladi, sud tibbiy ekspertizasi vaqtida o‘tkazilmadi, hattoki, ayblanuvchining poyabzali va o‘g‘limning qornidagi iz mos tushish-tushmasligini isbotlovchi tergov eksperimenti o‘tkazilmagan. Qolaversa, hayotligida o‘g‘limni so‘roq qilishmadi…

Sud ishi shu qadar tez va shoshilinch o‘tkazildi-ki, jabrlanuvchi tomondan ishtirok etgan birorta guvoh ko‘rsatmalari munosib tarzda hisobga olinmadi, shuningdek, "guvoh" deb atalganlarning ko‘rsatmalari bir-biriga hamda avvalgi bergan ko‘rsatmalariga zid bo‘lgani, 6 kishining 1 kishiga yordam ko‘rsatmasligi holatlari ham hisobga olinmadi", — dedi Aliyeva.

Jabrlanuvchi, sud tibbiy ekspertizasining Jasur bir emas, bir necha kishi tomonidan kaltaklanganini tasdiqlagan xulosasi prokuror tomonidan inobatga olinmagani, "qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti" degan vaj bilan kollej pedagog jamoasiga nisbatan hech qanday chora qo‘llanilmaganini qo‘shimcha qildi.

Ushbu jinoiy ish "bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyat" tarzida tasniflanishi kerak edi, dedi ayol.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Vrach ko‘rsatmasi: Jasur Ibrohimov kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan edi
"Sud jarayoni tarbiyaviy ahamiyatga egaligi hech kimga sir emas, mamlakatimizning ko‘p millionli aholisi, shu jumladan, o‘smirlar ayni vaqtda ushbu jarayonni kuzatib borishmoqda. Ushbu holatda jazodan qutulib qolish yangi jinoyatlarni va yangi jinoyatchilarni dunyoga keltirishi mumkin.

Davlat ayblovchisi nega ayblanuvchiga nisbatan atigi 6-yil koloniya jazosini so‘radi? Bu holatga aniqlik kiritishini so‘rayman. Men uchun nutq so‘zlash qanchalik og‘irligini bilsangiz edi. Butun hayotim do‘zaxga aylandi, ayni vaqtda menga dalda berib turgan yagona ilinj — bu oilam. Boshiga ulkan musibat tushgan, juda katta yo‘qotishni boshdan kechirgan bir ona sifatida meni tushuning, o‘tinib so‘rayman. Men ko‘p narsa talab qilmayapman. O‘g‘limning qotillarini Qonun va Adolat bo‘yicha jazolashlaringizni so‘rayman", — dedi so‘zi yakunida jabrlanuvchi.

Advokat Lola Ismailova: Islombek o‘z qilmishi uchun javob berishi shart

Jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismailova Islombek To‘laganov avval boshdanoq tibbiyot muassasalarini chalg‘itgani yoki bo‘lmasa ular yordamida yolg‘on ko‘rsatmalar berishga muvaffaq bo‘lganligini aytib o‘tdi. Advokat sudya e’tiborini jinoyat ishiga biriktirilgan tibbiy ma’lumotnomalarga qaratdi hamda ular yordamida To‘laganov nafaqat aybni o‘z bo‘ynidan soqit qilmoqchi bo‘lganini, balki "Jasur Ibrohimov tomonidan kaltaklangan", degan mazmundagi xulosani beruvchi bu hujjatlar yordamida bor aybni marhumning o‘ziga ag‘darishga uringanini ta’kidladi.

Molotok - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: Islombek To‘laganovni qo‘shimcha advokat himoya qiladigan bo‘ldi

"Islom To‘laganov o‘z aybini qat’iyan tan olmayapti, u o‘z qilmishidan pushaymon emas, Jasur Ibrohimovning ota-onasidan kechirim ham so‘ragani yo‘q, o‘zini kekkaygan holda tutdi va bu bilan faqat o‘ziga ziyon qildi", — dedi advokat Ismailova. 

Advokat Ismailova To‘laganovning shaxsini tavsiflar ekan, sudyaga o‘zga insonning salomatligi va hayoti Islom uchun sariq chaqachalik emasligini, tibbiyot kolleji talabasi o‘zga insonning aʼzoyi-badaniga hayot uchun xavfli zarbalarni berayotganida, oqibati qanday bo‘lishini  bilmasligi mumkinmasligini qo‘shimcha qildi.

"Sodir etgan jinoyati uchun u hozir munosib jazo olmas ekan, keyinchalik jamoatchilik uchun xavfli shaxsga aylanishi turgan gap. Lekin jabrlanuvchi tomon unga yana bir imkoniyat taqdim etadi. To‘laganov so‘nggi so‘zida sodir etgan jinoyatini tan olib, o‘z qilmishidan pushaymonligini aytishi mumkin", — dedi advokat hamda raisliq qiluvchidan ayblanuvchining ota-onasiga nisbatan ham choralar ko‘rilish kerakligini, ishni bir kishi emas, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deya qayta kvalifikatsiyalash lozimligini aytdib o‘tdi.

"Hurmatli raislik qiluvchi, Islom To‘laganovga, u sodir etgan jinoyat bo‘yicha adolatli jazo berilishini so‘rayman", — dedi o‘z nutqi yakunida advokat Ismailova.

Ayblanuvchining advokatlari: vazifamiz adolatni qaror toptirishdan iborat

Advokat Farhod Tohirovga so‘z berilganida, u marhum Jasurbek Ibrohimovning ota-onasiga sabr tiladi.

So‘ngra, o‘z nutqi kirish qismida "jinoyat qonunida bir xil sodir etilgan jinoyatlarga, hattoki, odam o‘lganligi jinoyati bo‘yicha ham har xil jazo berilishi, og‘ir jinoyat sodir etilganligi fakti bo‘yicha ham ayrim holatlarda jazodan ozod etilish mumkinligini" eslatib o‘tdi.

Zasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimovning kursdoshlari sudda guvohlik berishdi

Tohirov sud majlisida o‘tirganlarga vazifasi faqatgina sudlanuvchini himoya qilishdan iborat emasligini tushuntirdi. "Tergov va sud organlari tomonidan jinoyat va jinoyat protsessual qonunlaridan tashqariga chiqmasdan adolatli hukm chiqarishga yordamlashish vazifasini ado etamiz", — dedi u.

Huquq himoyachisi, shuningdek, Jasurbek Ibrohimovning o‘limi — bu vrachlarning Gippokrat qasamodiga amal qilmasliklari natijasi bo‘lgan, degan fikrni aytdi. "Marhumning onasi tez tibbiy yordam chaqirtirganida, voqea joyiga malakali xodim o‘rniga feldsher yuborilishi, zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiya oradan 2 sutkadan ko‘p vaqt o‘tganidan keyin o‘tkazilgani buning yaqqol isboti", — dedi Tohirov.

Advokat Islombekning Jasurbekka tan jarohati yetkazish yoki uni qasddan o‘ldirish niyati bo‘lmagani, jinoyatning kelib chiqish sababi, aslida, marhum Ibrohimovning bezorilik harakatlari bo‘lgani, ichki ishlar tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘limi sababli bekor qilinganligi — bularning barchasi sud tomonidan inobatga olinishi kerakligini aytib o‘tdi.

Advokat ayblov hukmi taxminlarga asoslanishi mumkin emasligini qat’iy ta’kidladi. "Himoyamdagi shaxs uchun endi 18 yoshni qarshilaganda ushbu panjara ortida o‘tirishning o‘zi yetarli dars bo‘lgan bo‘lsa ajabmas" dedi va sudyadan Islombek To‘laganovning harakatlariga oqilona baho berishni so‘radi.

Nutqi yakunida Tohirov Islombek To‘laganov ushbu jinoyatni jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida sodir etganligini e’tiborga olib, uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104 moddasi, 3 qism "d" bandida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari yo‘qligi, va, Jasur tomonidan uning hayoti va sog‘ligiga tajovuz qilinganligi bois, unga nisbatan himoya matnida keltirilgan "u o‘zini himoya qilgan" deya oqlov hukmini chiqarishni so‘radi. Ya’ni sudyani To‘laganovni jazodan ozod qilishga chaqirdi.

To‘laganov so‘nggi so‘zida sudya adolatli hukm chiqarishiga ishonishini aytdi

Sudya ayblanuvchi Islombek To‘laganovga so‘nggi so‘zni aytishni taklif qilganida, ayblanuvchi rozi bo‘ldi. To‘laganov Jasurning onasiga yuzlanib, bo‘lib o‘tgan voqeadan juda ham pushaymon ekanligini, afsusdaligini aytdi hamda o‘z advokatlari tomonidan aytilgan fikrlarga to‘liq qo‘shilishini ma’lum qildi.

To‘laganov Jasurning o‘limida o‘zini emas, balki shifokorlarni aybladi.

Islom Tulaganov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur mard bola edi, u vrachlar xatosi tufayli hayotdan ko‘z yumdi - Islom To‘laganov

"Bo‘lib o‘tgan voqeadan qattiq pushaymonman, afsusdaman. O‘zimni hech ham kechirolmayman.

Hurmatli raislik etuvchi, hurmatli xalq maslahatchilari!

Ikkinchi sonli kasalxona vrachlari to‘g‘ri tashxis qo‘yib, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatganida, Jasurbek vafot etmagan bo‘lardi", — dedi To‘laganov. 

So‘ngso‘z o‘rnida

Mana, bir jinoyat ishi bo‘yicha boshlangan sud ham yakunlanish nuqtasiga kelib qoldi. Sud hukmi dushanba, 30-oktabr kuni o‘qib eshittiriladi. Shu paytga qadar tergov materiallari, guvohlar ko‘rsatmalari, ekspert xulosasi, prokuror va advokatlar chiqishi, jabrdiyda ona nutqi hamda ayblanuvchining so‘nggi so‘zini e’tiboringizga havola qildik.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
YuNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi bo‘yicha bayonot berdi
E’tibor bergan bo‘lsangiz, ushbu sud jarayonini kuzatib borgan sizu-bizdan tashqari, ishtirokchi tomonlar ham o‘z nutqlarida sud jarayoni so‘ngida ADOLAT so‘zini takror va takror tilga oldilar, sudyadan adolatli qaror chiqarilishini so‘radilar.

Adolat nima? Kim aybdor va nima qilmoq kerak, degan savollarga bexato, aniq javob berish uchun nimaga asoslanishimiz kerak? 

Shu kechayu-kunduzda ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in bahs hali-hanuz to‘xtagani yo‘q. Kimdir adolat qaror topishiga ishonch bildirsa, kimdir "adolat yo‘q", degan fikrni bildirmoqda.

Vaholanki, sud hukmi o‘qib eshittirilmaguniga qadar "aybsizlik prezumpsiyasi" degan tushuncha amal qilishini, shu bois, hech bir shaxsni u sodir etgan jinoyati isbotlanmagunga qadar avval boshdan jinoyatchi deb atab bo‘lmasligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Albatta, adolat qaror topishi uchun haqiqatni yuzaga chiqarish lozim. 

Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Islom To‘laganov: Jasurni o‘ldirmaganman
…Avstriya va britaniyalik faylasuf Karl Popperga "Haqiqat nima o‘zi?", — deb savol berishganida, u, "Qo‘limda turgan ruchkani ayni paytda qo‘limda yo‘qligini isbotlab berolsam, bu haqiqat", — deb javob qaytargan va "haqiqat kuchlilar tomonda bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan ekan.

Popperning falsafasiga chuqur hurmat bildirgan holda, ayni jarayonga buyuk faylasuf aytgan haqiqatdan ko‘ra, ayblanuvchi Islombek To‘laganovning advokati Yusuf Ibragimov tomonidan aytilgan bir jumla juda mos tushishini ta’kidlab, advokat fikrini e’tiboringizga havola qilaman:

"Odamlar adolatni qaror toptirish uchun qonunni ijod qilgan. Qonun adolatli bo‘lishi uchun esa unga hamma amal qilishi kerak. Ana shundagina adolat yuzaga keladi".

Yangiliklar lentasi
0