YuNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi bo‘yicha bayonot berdi

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YuNICEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlariga, jumladan, ta’lim muassasalarida bezorilikka qarshi kurashda hukumatning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Shu yilning 1-iyun kuni Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov janjal vaqtida og‘ir jarohat olish oqibatida vafot etgandi.

YuNISEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.

"1 iyun kuni fojiali tarzda vafot etgan Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchisi 17 yoshli Jasurbek Ibrohimov oilasiga chuqur va samimiy ta’ziya izhor etamiz. O‘quv muassasalaridagi qo‘rqitish va bezorilik dunyo miqyosida borgan sari tashvishli muammoga aylanib bormoqda va har kuni turli joylarda bolalarni zo‘ravonlik qurbonlariga aylantirmoqda.

Ko‘plab odamlar o‘quv muassasalaridagi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikdan ko‘z yumadi. Zo‘ravonlikka uchragan bolalarning aksariyatida bu haqda ochiq gapirish uchun ishonch va kattalar bilan o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun gaplashish mexanizmi mavjud emas.

Bunday holatlarni hal etish uchun o‘qituvchi va ota-onalarni o‘qitish, bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoya qiluvchi odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va ularga amal qilishni ta’minlash kabi yo‘llar mavjud.

Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura Jasur Ibrohimov tergov ishi bo‘yicha izoh berdi

Tengdoshlar orasida jismoniy va og‘zaki shakllardagi bezorilik turli mamlakatlarda keng tarqalgan. Xo‘rlash va ijtimoiy jihatdan ajratish singari bilvosita bezorilik ham bolalarni xavf ostiga qo‘yadi. Bezorilik xulq-atvori ko‘pincha jamiyatda muayan guruhlarga nisbatan ustunlik, isnod va kamsitishni aks ettiradi.

Vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy dinamika o‘zgarishi hamda internet va uyali telefon singari axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘sib borayotgani bois bolalar tobora xo‘rlashning yangi shakllariga tobora duch kelmoqdalar.

YuNICEF bezorilik va qo‘rqitish muammosini hal etishda ko‘pgina mamlakatlarga yordam bermoqda. Quyidagi olti strategiya samarali ekanligi ko‘pgina mamlakatlarda o‘z isbotini topdi: 1) ota-onalar, vasiylar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash; 2) bolalar va o‘smirlarga xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishni boshqarishda yordam berish; 3) zo‘ravonlik va kasitishni rag‘batlantiruvchi qarash va ijtimoiy meyorlarni o‘zgartirish; 4) o‘qituvchilar va hokimiyat organlari vakillarini bolalarga tegishli xizmat ko‘rsatish borasidagi salohiyatini oshirish; 5) bolalarni himoya qiluvchi qonun va siyosatni amalga oshirish; 6) ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.

YuNICEF bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlariga, jumladan, ta’lim muassasalarida bezorilikka qarshi kurashda hukumatning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor", deyiladi tashkilot bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0