Islom To‘laganov: Jasurni o‘ldirmaganman

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limida ayblanayotgan Islombek To‘laganov o‘z kursdoshini urganini tan oldi. Men Jasurni urganman, lekin o‘ldirmaganman, deb o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovni inkor etdi To‘laganov

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugun Mirobod tuman sudida shafqatsizlarcha kaltaklangan va ko‘p vaqt o‘tmay olingan jarohatlar tufayli kasalxonada olamdan o‘tgan Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Jasurbek Ibrohimovning onasi: o‘g‘limga tahdid qilishgan

Sud halok bo‘lgan yigitni kaltaklaganlikda ayblanayotgan Islombek To‘laganovning dalillarini tingladi. Tergov tomonidan keltirilayotgan barcha isbot-dalillarga qaramasdan, To‘laganov o‘zini aybdor deb bilmayapti. To‘laganov jabrdiyda va o‘zi o‘rtasida mojaro yuz berganini, buning oqibatida Jasur jiddiy jarohatlar olganini inkor etgani yo‘q. Islombekning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi mojaro ikkisi tahsil olgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji hududidayoq boshlangan. Islomning so‘zlariga ko‘ra, urush Jasurning aybi bilan ro‘y bergan. "Men bujanjaldan o‘zimni olib qochishga uringanman", — deb ta’kidlagan sud zalida To‘laganov.

"Kollejda men o‘rtog‘im Dilshod va Jasur nima haqdadir surishishayotganini ko‘rib qoldim. Ularning yoniga borib, nima gapligiga qiziqdim. Dilshod esa menga Jasur uning singlisiga SMSlar yuborganini, va bu narsa unga yoqmaganini aytdi. Men do‘stimga Jasur lat yeganini aytib, u bilan tenglashib o‘tirmaslikni va urishmaslikni maslahat berdim. Jasurga men bu haqda Dilshodga aytganim yoqmadi. U menga buni bildirib iddao qildi va hatto musht tushirdi", — deb hikoya qilgan sud zalida ayblanuvchi.Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng yigitlar kollejning boshqa talabalari bilan o‘quv muassasasi hududidan tashqariga otlanishgan va o‘zaro munosabatlarga yakkama-yakka to‘qnashuvda oydinlik kiritganlar.

Islom To‘laganovning aytishicha, Jasur birinchi bo‘lib hamla qilgan va u o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan.

V Tashkente student skonchalsya ot izbiyeniya - Sputnik O‘zbekiston
Jasurbek Ibrohimovning onasi o‘g‘li o‘z o‘limi oldidan nima deganini aytdi
Ayblanuvchining ta’kidiga ko‘ra, hodisaning qolgan barcha ishtirokchilari u yerda tomoshabin bo‘lishgan, xolos.

Urush boshlangach, qaysidir onda Jasur va Islom yerga yiqilishgan, bunda Islom kursdoshining ustiga tushgan, shu bois ham u raqibidan farqli o‘laroq deyarli jarohat olmagan.

Sud tomonidan berilgan "Jasurning qorin qismiga berilgan kuchli zarbalarni qanday izohlaysiz?", degan savoliga To‘laganov raqibining o‘zi jang davomida unga qarab yugurganini va u Jasurni to‘xtatish, ya’ni o‘zini himoya qilish maqsadida oyog‘ini ko‘targanini aytgan.

Mana shu zarba natijasida, deyiladi tergov materiallarida, jabrlanuvchining ichki organlari jiddiy lat yegan, xususan, taloq yorilishi qayd etilgan.Sud muzokaralari chog‘ida, prokuror va Ibrohimovlar oilasi yollagan advokat savollariga javob berar ekan, To‘laganov bir necha bor ko‘rsatmalarida adashgan va hatto yolg‘onja fosh etilgan.
Xususan, misol uchun u boshida o‘smirlar urushgan joy qisman o‘t bilan qoplangan degan bo‘lsa, keyin esa u yerda shog‘ol to‘kilganini aytgan.

Shu bilan birga, u mojaro bo‘lib o‘tgandan so‘ng Jasurni qo‘llab-quvvatlash va uning davolanishida qisman bo‘lsa ham yordam berish uchun otasi bolnitsaga kelganini va tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida Jasurni MRTga yetkazishi lozim bo‘lgan kasalxona mashinasi buzilib qolgani haqida so‘zlab berdi.

Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura Jasur Ibrohimov tergov ishi bo‘yicha izoh berdi

"Otam Jasurni o‘zining mashinasida olib borishga qaror qildi. U Jasurni qo‘lidan ushlab, avtomobilga o‘tqazdi. Biz har tomonlama yordam berishga harakat qildik", — degan sudga Islom To‘laganov.

Ammo sud izoh so‘rab halok bo‘lgan yigitning onasi Nilufar Aliyevaga murojaat qilganida, Jasur umuman mustaqil harakatlana olmasligi, barcha muolajalarga uni bemorlar olib yuriladigan nosilkalarda olib borishgani va oxirgi, Islom so‘zlab bergan holatda ham, nosilka ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.

"Bir tomondan u olgan og‘ir jarohatlari tufayli o‘zini o‘ta yomon his qilardi, ikkinchi tomondan — unga bu vaqt oralig‘ida tinmay kuchli og‘riq qoldiruvchi ukollar qo‘yilgani bois, bu ham uning mustaqil harakatlanishini qiyinlashtirib qo‘ygan edi", — deb hikoya qilgan marhumning onasi.Bu ishda, ya’ni ayblanuvchining ko‘rsatmalarida yana bir g‘alati holat kuzatilgan. To‘laganovning so‘zlariga ko‘ra, Jasur bilan to‘qnashuvdan so‘ng u miya chayqalishi va o‘ng qo‘li barmog‘i sinishi kabi jarohatlarni olgan.

Ammo bularning barchasiga qaramay, hodisadan so‘ng u darslarda qatnashishda davom etgan va militsiya, hamda kollej rahbariyatiga bir nechta tushuntirish xatlarini yozib bergan. Eslatib o‘tamiz, hodisa 2017-yilning 3-may sanasida ro‘y bergan, Islom To‘laganov esa yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan arz qilib, tibbiy muassasalarga oradan besh kun o‘tgach — 8-may kuni murojaat qilgan.

Sud To‘laganovga "Bunday jarohatlar bilan uzoq muddat davomida qanday qilib kollejga bora oldingiz?", deb savol berganida, Islom, hammasiga chidashga majbur bo‘lganini, tushuntirish xatlarini esa shaxsan yozmaganini, faqat ularga imzo chekkanini aytgan.

Tibbiyot talabalari - Sputnik O‘zbekiston
Borovskiy kolleji yopilishiga o‘zbekistonliklarning munosabati
"Men ota-onamdan jarohat olganimni yashirgan edim, ammo keyinchalik ular bundan xabar topishdi va meni davolanishga jo‘natishdi. Men kasalxonada 8-dan-20(may, tahr.)gacha yotdim", — deb tushuntirgan sudlanuvchi.

Islom To‘laganov o‘z ko‘rsatmalarida Jasur bilan faqat o‘zi urushganini, mojaroga boshqa hech kim aralashmaganini ta’kidlagan. Ammo Ibrohimov birgina Islom tomonidan yetkazilgan jarohatlar oqibatida vafot etganiga hech kim ishongani yo‘q. Chunki Jasurbek, bo‘lib o‘tgan hodisadan so‘ng o‘zini normal his qilgan va hodisa joyidan uyigacha o‘zi yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, urib o‘ldirilgan o‘smir ishi bo‘yicha boshlangan sudning birinchi majlisida sudya jabrdiydaning oilasi va advokati keltirgan dalillarni tinglagan edi. Bolaning ota-onasi Jasurbek bir guruh o‘smirlar tomonidan kaltaklanganini, demakki bu ishda bir kishi jazolanmasligi kerak, degan fikrni bildirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0