2017 yilning eng shov shuvli hodisa va jinoyatlari

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik tahririyati 2017-yil davomida O‘zbekistonda sodir etilib, ommaviy axborot vositalarda keng yoritilgan va jamoatchilik o‘rtasida faol muhokama qilingan jinoiy huquqbuzarliklar va hodisalarni yodga olmoqda

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2017-yilda bir qator jiddiy jinoyatlar O‘zbekiston aholisi e’tibori markazida bo‘ldi. Bu jinoyatlar xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarda keng yoritilib, jamoatchilik o‘rtasida faol muhokama qilindi.

Sputnik tahririyati yil davomida sodir bo‘lgan eng shov-shuvli jinoiy huquqbuzarliklar va mudhish hodisalarni e’tiboringizga havola qiladi.

Gulnora Karimova ishi

Darhaqiqat, shu yil iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari o‘zbekistonliklar e’tiborida bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilindi.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Pritchin xulosasi: Gulnora Karimova tirik. U hozir O‘zbekistonda

Jumladan, unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir qator moddalari (165, 167, 179, 184, 227 va boshqalar) bilan ayblov e’lon qilingan. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan. Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirgi kunda uyushgan jinoiy guruhning boshqa aktivlarini aniqlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.

Borovskiy tibbiyot kolleji talabasi Ibrohimov vafot etishi bo‘yicha jinoyat ishi

2017 yil 3-may kuni Borovskiy tibbiyot kolleji talabalari o‘rtasida ro‘y bergan va nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy OAVlar tomonidan keng yoritilgan sud jarayonidir.

Islom Tulaganov - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi
2017 yil 3-may kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999-yilda tug‘ilgan Ibragimov Jasurbek Maxammadjon o‘g‘li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan jarohatlari natijasida 2017-yil 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan edi.

Jasurbek Ibrohimov o‘limida ayblangan Islombek To‘laganov sud hukmi bilan 6-yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Namanganda 3 kishi xojatxonada og‘ir gazdan zaxarlanishi

Shu yil iyul oyida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanlarda yuz bergan voqeani esga olish lozim. Bir matoh tufayli uch kishining nobud bo‘lganini eng ahmoqona o‘limlar ro‘yxatiga kiritish mumkin.

Samsung Galaxy Note 7 telefoni - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda tualetga tushib ketgan Samsung Galaxi dastidan uch kishi halok bo‘ldi
Jumladan, 13-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xojatxonasida og‘ir gazdan zaxarlanish sodir bo‘lgan. Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxi J7 uyali telefonini uyidagi xojatxonaga tushirib yuborgan.

Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyevlar telefonni olib chiqish uchun birin-ketin xojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va og‘ir gazdan zaxarlanib, xushdan ketishgan. Shundan so‘ng, ayol ularni qutqarish uchun Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Qizilqiyoq QVPdan shifokor Q.Irisboyevni chaqirtirgan. Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun xojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, xushidan ketgan.

Namangan viloyati FVB Qutqaruv otradi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan so‘ng qisqa muddat ichida voqea joyiga borib vafot etganlarni xojatxona tubidan olib chiqishgan. Fuqarolar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyevlar voqea joyida fuqaro Q.Irisboyev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Toshkentda 3 nafar voyaga yetmagan opa-singillar birin ketin vafot etishi

Shu yil noyabr oyi boshida Toshkentning Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzeida (Tansiqboyev-3) istiqomat qiluvchi uch nafar voyaga yetmagan opa-singillar birin ketin vafot etdi.

Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura 3 opa-singil o‘limi bo‘yicha ekspertiza natijalarini e’lon qildi

Guvohlar aytishiga qaraganda, fojiadan oldin ular qiyma shashlik yeyishgan keyin kuchli qorin og‘rig‘i boshlangan. Qarindoshlari ularga og‘riqni yengillashtiruvchi dori berishsa-da, u yerdam bermagan. Opa-singillardan biri kasalxonaga ketishda, tez yordam mashinasi ichida jon bergan, ikki nafari ham keyinroq kasalxonada vafot etgan.

Bu holat yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dekabr oyi boshlarida Toshkent shahar prokuraturasi to‘satdan vafot etgan 3 opa-singil o‘limi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi natijalarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qizlar gipotenziv dori vositasini (arterial qon bosimini tushiradigan) qabul qilishganidan keyin vafot etishganini tasdiqladi. Dori vositasini davomli qabul qilish natijasida, qizlarda kardiogen shok holati yuzaga kelgan.

Ruhiy xastalik shifoxonasidan qochgan jinoyatchilar

20 noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgandi. Bemorlar Sherqul Omonov (o‘g‘rilik), Ma’ruf Rashidov (qasddan badanga og‘ir tan jarohat yetkazish), Axror Xamroyev (giyohvand moddalarni ko‘p miqdorda noqonuniy ravishda sotish) jinoyatlarini sodir etgan.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Uch retsedivist qochib ketgan ruhiy kasalxona rahbariyati jazolanadi

Tezkor qidiruv harakatlar natijasida shu kunning o‘zida 2 nafar bemor M.Rashidov, A.Xamroyev qo‘lga olindi. 21-noyabr kuni esa  Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan "Abu Saxiy" bozori hududida shifoxonadan qochgan uchinchi shaxs Omonov Sherqul Safarovich qo‘lga olindi. Ushlash jarayonida, u yonida bo‘lgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga qurolli faol qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohat yetkazdi.

Birozdan so‘ng, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 3 nafar bemor qochgan Toshkent shahridagi ruhiy kasalliklar intensiv kuzatish shifoxonasi rahbariyati ustidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kolbasaga qo‘shilgan eshak go‘shti va sifatsiz go‘sht

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MChJga qarashli "Sharshara" nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchilari tomonidan eshak go‘shti boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlandi.

Masnaya produksiya na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
"Eshak go‘shti voqeasi": kimdir kolbasa yemaslikka ahd qildi, kimdir esa bunga ishonmayapti

Tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti "Sharshara" go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan hamda sexda mavjud bo‘lgan 275 kg go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan go‘sht mahsulotlari iste’molchilarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yana bir holat, Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament va MXX xodimlari 10-yildan buyon Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sifatsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.

Jinoiy guruhga Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, oxirgi yillarda Yangiyo‘l tumanida yashab kelgan 40 yoshli Bahrom Haydarov rahbarlik qilgan. Uyushgan jinoiy guruh a’zolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali o‘lishi aniq bo‘lgan kasal va harom o‘lgan mollar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashgan. Ana shunday har bir ma’lumot uchun 15 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pul to‘langan. So‘ngra yaroqsiz go‘shtning kilosi 10-15 ming so‘mdan sotib olingan. Sifatsiz go‘sht mahsulotiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limi xodimlari soxta ma’lumotnoma tayyorlab berishgan.

Masopererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Bozor va kolbasa sexlariga 10-yildan beri yaroqsiz go‘sht sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Go‘shtlar Toshkent va Zangiota tumanlaridagi yashirin sexlarga keltirilgan. Bu sexlarda iste’molga yaroqsiz go‘shtlar kimoviy ishlov berilib, chiroyli ko‘rinishga keltirilgan. So‘ngra kilosi 25-30 ming so‘mdan sotilgan. Guruh a’zolari Toshkent shahriga har oyda 25-30 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlari keltirishgan.

Aniqlanishicha, bu go‘shtlar Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, "Eski Jo‘va" dehqon bozori, "Asl sifatli ta’m" MChJ, YaTT "Mo‘minov Xusan Xursanjonovich"ga qarashli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar "Fayziyev F.Z.", "Qosimov" va boshqalarga tegishli qassobxonalarda sotuvga chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0