Namanganda tualetga tushib ketgan Samsung Galaxi dastidan uch kishi halok bo‘ldi

© AP Photo / Lee Jin-manSamsung Galaxy Note 7 telefoni
Samsung Galaxy Note 7 telefoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki ishchi telefonni olib chiqish uchun xojatxona tubiga tushayotib og‘ir gazdan zaxarlanib xushidan ketishgan. Ishchilarni qutqarmoqchi bo‘lgan shifokor ham hojatxona ichida hushidan ketgan. Uch erkak ham vafot etgan

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 2017-yilning 13-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xojatxonasida og‘ir gazdan zaxarlanish sodir bo‘lgan, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.

Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxi J7 uyali telefonini uyidagi xojatxonaga tushirib yuborgan.

Qo‘lga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda "IPhone" "jinnilari" qo‘lga olindi
Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyevlar telefonni olib chiqish uchun birin-ketin xojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va og‘ir gazdan zaxarlanib, xushdan ketishgan.

Shundan so‘ng, ayol ularni qutqarish uchun Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Qizilqiyoq QVPdan shifokor Q.Irisboyevni chaqirtirgan.

Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun xojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, xushidan ketgan.

Namangan viloyati FVB Qutqaruv otradi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan so‘ng qisqa muddat ichida voqea joyiga borib vafot etganlarni xojatxona tubidan olib chiqishgan.

Fuqarolar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyevlar voqea joyida fuqaro Q.Irisboyev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda yaqinda O‘zbekistondagi tumanlarning birida yuz bergan bir voqeani esga olish lozim: o‘z  ehtiyotkorsizligi oqibatida "Ayfon"  telefonini xojatxonaga tushirib yuborgan ayol o‘g‘lidan yordam so‘raydi. O‘g‘il esa onasiga qarab: "Hajga borib kelib endi xojatxonadan chiqqan telefonni ishlatmoqchi bo‘lyapsizmi", deb tayoq olib telefonni cho‘ktirib yuborgan ekan…

Uch kishining bir matoh tufayli nobud bo‘lganini eng ahmoqona o‘limlar ro‘yxatiga kiritish mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0