Bozor va kolbasa sexlariga 10-yildan beri yaroqsiz go‘sht sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishMasopererabativayushee predpriyatie
Masopererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uyushgan jinoiy guruh a’zolari o‘lishi aniq bo‘lgan kasal va harom o‘lgan mollar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashgan. So‘ngra yaroqsiz go‘shtning kilosi 10-15 ming so‘mdan sotib olingan

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari 10-yildan buyon Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sifatsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali lavhasiga asoslanib nuz.uz xabar qildi.

Jinoiy guruhga Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, oxirgi yillarda Yangiyo‘l tumanida yashab kelgan 40 yoshli Bahrom Haydarov rahbarlik qilgan. Uyushgan jinoiy guruh a’zolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali o‘lishi aniq bo‘lgan kasal va harom o‘lgan mollar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashgan. Ana shunday har bir ma’lumot uchun 15 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pul to‘langan. So‘ngra yaroqsiz go‘shtning kilosi 10-15 ming so‘mdan sotib olingan. Sifatsiz go‘sht mahsulotiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limi xodimlari soxta ma’lumotnoma tayyorlab berishgan.

Kolbasnoe proizvodstvo.Uchastok farshesostavleniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi kolbasa sexida eshak go‘shti ishlatilganligi aniqlandi

Go‘shtlar Toshkent va Zangiota tumanlaridagi yashirin sexlarga keltirilgan. Bu sexlarda iste’molga yaroqsiz go‘shtlar kimoviy ishlov berilib, chiroyli ko‘rinishga keltirilgan. So‘ngra kilosi 25-30 ming so‘mdan sotilgan. Guruh a’zolari Toshkent shahriga har oyda 25–30 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlari keltirishgan.

Aniqlanishicha, bu go‘shtlar Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, "Eski Jo‘va" dehqon bozori, "Asl sifatli ta’m" MChJ, YaTT "Mo‘minov Xusan Xursanjonovich"ga qarashli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar "Fayziyev F.Z.", "Qosimov" va boshqalarga tegishli qassobxonalarda sotuvga chiqarilgan.

Guruh rahbari Haydarov orttirgan noqonuniy daromadi evaziga o‘zi hamda yaqin qarindoshlarining nomiga bir nechta avtomobil va ko‘chmas mulklarni rasmiylashtirgan.

Ayni paytda uyushgan jinoiy guruhga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov jarayoni davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0