Pritchin xulosasi: Gulnora Karimova tirik. U hozir O‘zbekistonda

CC BY-SA 3.0 / Timir01 / Gulnara Karimova.Gulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ilk marta Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova taqdiri haqida ma’lumot berdi. Respublika Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga 2015-yilning 21-avgustidayoq 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganini xabar qildi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning ulkan miqdordagi moddiy boyliklarini o‘zlashtirgan Gulnora Karimova 2013-yildayoq jamoatchilik nazaridan yo‘qolgan va shu paytgacha uning qayerdaligi haqida OAVlarda rasman xabar berilmadi.

Gulnora Karimova hatto otasining 3-sentabrda o‘tkazilgan dafn marosimida ham ko‘rinish bermadi.

Gulnora Karimova O‘zbekistondan 2 mlrd $ o‘g‘irlagan
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov vafoti munosabati bilan faqatgina marhumning bevasi Tatyana Karimova va kenja qizi Lola Karimova-Tillayevaga hamdardlik bildirgan edi.

Gulnora Karimova haqida rasman hech qayerda ma’lumotlar berilmayotgani tufayli keyingi vaqtlarda u haqda turli xil mish-mishlar bolalab ketdi. Internetdagi manbalarni ko‘zdan kechiradigan bo‘lsangiz "Gulnora Karimova Toshturmada" degan xabarlardan tortib, "Gugushaning allaqachon "o‘lganligi" haqidagi xabarlarga ko‘zingiz tushadi.

Gulnora Islomovnaning singlisi Lola Karimova-Tillayeva ham bu borada sukut saqlab kelmoqda.

Xususan, Lola Karimova 2013-yil VVSning rus xizmatiga bergan intervyusida " opasi Gulnora bilan 12-yildan beri aloqa qilmasligini" aytib o‘tgan.

2016 yilning 23-noyabrida esa Rossiyaning regnum nashri Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimovdan kelgan xatni chop etdi. Nashrga ko‘ra Gulnora Islomovnaning o‘g‘li tahririyatga yo‘llagan maktubida "Mening onam tirik va ayni vaqtda u Londonda" deb xabar qilgan.

Ozarbayjonning "Haqqin" nashri esa Turkiyaning NTV telekanaliga tayangan holda 2016-yilning 3-oktabr sanasida Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Ruhiy xastaliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar tarqatgan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Yashasin O‘zbek sudi: internet foydalanuvchilari Gulnora Karimova haqida nima deyapti?
2017 yilning 28-iyul kuni Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘rganish bo‘yicha markaz eksperti Stanislav Pritchin Sputnik nashriga bergan intervyusida nega Gulnora Karimova haqidagi ma’lumotlar hozir yuzaga chiqayotganiga izoh berib o‘tdi.

"Sharqona urf-odatlardagi o‘ziga xosliklar tufayli Islom Karimov davrida O‘zbekiston hukumati prezident oilasi a’zolari hibsga olinganligi va qamoqdaligi haqida rasman ayta olmasdilar", — deb ta’kidladi Pritchin.

Ekspertga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev respublika boshqaruvini o‘z qo‘liga olgach, hukumat kursni ochiq siyosat olib borish tomon burdi.

Va shu tufayligina Karimovaning kirdikorlari haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan e’lon qilingan xabarni tahlil qilgan Pritchin "Gulnora Karimova tirik va O‘zbekistonda hibsda" degan xulosaga keldi.

Yangiliklar lentasi
0