"Eshak go‘shti voqeasi": kimdir kolbasa yemaslikka ahd qildi, kimdir esa bunga ishonmayapti

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMasnaya produksiya na prilavke
Masnaya produksiya na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MChJga qarashli "Sharshara" nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchilari tomonidan eshak go‘shti boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shish holati aniqlanganligi haqida bayonot bergandi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkentdagi kolbasa sexida eshak go‘shti ishlatilganligi holati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida keng muhokama qilinmoqda.

Kolbasnoe proizvodstvo.Uchastok farshesostavleniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi kolbasa sexida eshak go‘shti ishlatilganligi aniqlandi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MChJga qarashli "Sharshara" nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchilari tomonidan eshak go‘shti boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlanligi haqida bayonnot bergandi.

Xabar qilinishicha, tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti "Sharshara" go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan hamda sexda mavjud bo‘lgan 275 kg go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilayotgan izohlarning ba’zilari bilan tanishing (Aksariyat izohlar tahrirsiz keltirilmoqda):

"Yangi yilni kolbasasiz o‘tkazadigan bo‘libmizda endi. Hamma kolbasalardan ko‘nglim qoldi", deb yozgan Matluba Abduraimova.

Muhabbat Pardayeva esa "Bu noinsoflarni bunday qilmishlari uchun umr bo‘yi qamok jazosiga mahkum qilish kerak. Barcha kolbasa sexlarini tekshirish lozim. Prokuratura xodimlariga rahmat, bularni iflosliklarini tekshirib jazo tayinlayotganligi uchun. Bu SES xodimlarini ham jazolash kerak, ishlamidi ular".

"E kolbasa chiqarmay ket! O‘zi kolbasani insonlar tayyorlaydimi, qanaqa noinsoflar ular!",- deb yozgan Feruza Mirzayeva.

Fazilat Raximova "Endi hech ham kolbasa sotib olmaydigan bo‘ldik, bollarga ham yedirmayman", degan.

Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura oziq-ovqat narxini oshirganlar bilan shug‘ullanadi

Abdukaxxor Iminoxunov: "Hamma turdagi mahsulotlarni texnik shartlar yoki davlat standartlari asosida tayyorlanishi kerak. Shu hujjatlarda nimani go‘shtidan tayyorlanadi, nima qo‘shiladi, aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Eng yaxshisi, kolbasa yemay, domashniy pishgan go‘sht, ruletlar yegan yaxshi deb o‘ylayman".

Izohlar orasida ushbu xabarga shubha bilan qaraganlar ham bor:

"Yolg‘on! Ishonmayman! Navbatdagi tadbirkorni suvga cho‘ktirish bu!", — deb fikr bildirgan Yayraxon Abduraxmanova.

Inomjon Madrimov esa "Nahotki Xorazmdan atiga 69 kg eshak go‘shtini Toshkentga olib borishgan bo‘lsa? Axir shuncha katta sex uchun 69 kg eshak go‘shti ishlatish foydali bo‘lib qoldimi? Bu mablag‘ juda oshib borsa, 2 mln bo‘ladi. Manimcha, bunday katta odamlar kichik narsaga risk qilishmasa kerak. Yana bilmadim", — deb yozgan.

"Ombordan eshak go‘shti topilgan bo‘lishi mumkin, qorovul yoki boshqa birortasi bilan til biriktirib, tashlab qo‘yishgan bo‘lishi mumkin (podstava), chunki Xojiboy Tojiboyev aytganidek, Xorazmdan Toshkentga 69 kilo eshak go‘shti olib kelish "nevigodno", bu kiyik go‘shtidan ham qimmatga tushadi", — degan Shurik Odilov.

Sena na maso na rinke v Yunusabade - Sputnik O‘zbekiston
Yozilishi - 25 ming, sotilishi - 33 ming: Yunusobod go‘sht bozoridagi ahvol

"Haqiqatdan ham achinarli agar rost bo‘lsa. Lekin konkurentlarni ishiga o‘xshab ketapti", deb yozgan Anvar Xadatullayev.

"Sharshara sharshara deyishapti-yu, boshqa kolbasa sexlardayam shu ahvol bo‘lishi mumkin, ko‘za kunda emas kunida sinadi degandek shu 69 kg qo‘lga tushgan xolos. Bunga shubxam yo‘q!" — deb izoh yozgan Moxira Shokirova.

G'olibjon Matqobulov "Bitta bu sexda emas, ko‘p sexlarda qo‘shadi. Bekorga ba’zi bir kishilar kolbasadan parhez qilishmaydi. Bizda sifat nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan".

Shermuhammad Akbarov "Endi aniqlashdimi? Allaqachon, hech kim "Sharshara" kolbasasini yemay qo‘yishgandiku. Kolbasani reklama qilgan "Dizayn" guruhiniyam hech kim tomosha qilmay qo‘ydi".

Yangiliklar lentasi
0