Hodisalar

Uch retsedivist qochib ketgan ruhiy kasalxona rahbariyati jazolanadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Sotrudnik pravooxranitelnыx organov
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent shahridagi ruhiy kasalliklar intensiv kuzatish shifoxonasidan 3 nafar shaxs qochib ketish holati boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar 3 nafar bemor qochgan Toshkent shahridagi ruhiy kasalliklar intensiv kuzatish shifoxonasi rahbariyati ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Zaderjaniye podozrevayemыx v podgotovke teraktov v Moskve i Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ruhiy xastaliklar klinikasidan qochganlarning ikki nafari qoʻlga olindi

Eslatib oʻtamiz, 20 noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgan. Qochgan bemorlar: Sherqul Omonov (Jinoyat kodeksining 169-moddasi oʻgʻrilik), Maʼruf Rashidov (104-modda qasddan badanga ogʻir tan jarohat yetkazish), Axror Xamroyev (273-modda giyohvand moddalarni koʻp miqdorda noqonuniy ravishda sotish) jinoyatlarini sodir etgan.

"Ruhiy kasalliklar shifoxonasi rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Qochgan bemorlarning ruhiy holati qayta ekspertiza oʻtkazilmoqda. Ekspertiza natijalari bemorlarni kelgusi saqlash muddatlariga aniqlik kiritadi, yoki ularning muddatlari oshiriladi. Shuningdek, muassasa faoliyatiga huquqiy baho beriladi", — dedi Toshkent IIBB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev.

Tezkor qidiruv harakatlar natijasida 20 noyabr kuni ikki nafar shaxs M.Rashidov, A.Xamroyev qoʻlga olindi. 21 noyabr kuni soat taxminan 15-00larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan "Abu Saxiy" bozori hududida shifoxonadan qochgan uchinchi shaxs Omonov Sherqul Safarovich qoʻlga olindi. Ushlash jarayonida, u yonida boʻlgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga qurolli faol qarshilik koʻrsatib, unga tan jarohat yetkazdi.

Yangiliklar lentasi
0