TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi boshqarmasi boshlig‘i Bobir Dehqonov to‘satdan vafot etgan 3 opa-singil o‘limi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi natijalarini e’lon qildi, deb xabar berdi UzNews.
"Bobir Dehqonovning ta’kidlashicha, tergov davomida bu dorixona xodimining xatosi bo‘lganmi yoki davolovchi shifokorning xato tashxisi bo‘lganmi aniqlanadi", — deb yezadi nashr.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir oilaning 7, 6 va 4 yashar qizlari 8-noyabr kuni Toshkentda vafot etishgan edi. Ularning eng kichigi shifoxonaga olib ketilayotganda tez yordam mashinasida olamdan o‘tgan. Qolgan ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy- tadqiqot institutiga yetkazilgan.