Kazansev: O‘zbekiston katta imtihon oldida

© SputnikAndrey Kazansev. Arxivnoe foto
Andrey Kazansev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlatning siyosiy tizimi hech qachon faqatgina bir shaxsga bog‘lanib qolmasligi kerak. Uning tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan qonuniy tasdiqlangan va jamiyat tomonidan qabul qilingan muassasalar albatta ishlab turishi kerak. Shuning uchun ham ushbu saylov va undan keyin bo‘ladigan voqealar O‘zbekiston tarixining yangi sahifasini ochadi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiyalik ekspert, siyosatshunos MGIMO tahlil markazi direktori Andrey kazansev Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘ldi. Unda ekspert O‘zbekistonning bugungi va ertangi kuni haqida ko‘plab muhim siyosiy va iqtisodiy muammolar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Kutilayotgan saylovlarning O‘zbekiston kelajakda barqaror rivojlanishi uchun tutgan o‘rni qanday?

Birinchidan, bu O‘zbekiston siyosiy tizimi uchun o‘ta muhim, chunki, rahbar bir necha bor almashmaguniga qadar, hech bir mamalkat siyosiy tizimini barqaror deb bo‘lmaydi. O‘zbekistonda esa – siyosiy tizim yaqin vaqtga qadar juda shaxsiy xususiyatga ega edi, chunki Islom Karimov uni mutlaq bo‘sh joyda, sobiq Ittifoq tizimi qoldiqlari asosida  tashkil qilgan edi. Yangi paydo bo‘lgan O‘zbekiston davlatida mavjud bo‘lgan yangi siyosiy tizim to‘laligicha Islom Karimovga bog‘liq edi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov – qalblarga haykalini o‘rnatgan rahbar

Davlatning siyosiy tizimi esa hech qachon faqat bir shaxsga bog‘lanib qolmasligi kerak. Uning tarkibida albatta mustaqil faoliyat yuritadigan qonuniy tasdiqlangan va jamiyat tomonidan qabul qilingan muassasalar ishlab turishi kerak. Shuning uchun ham ushbu saylov va undan keyin bo‘ladigan voqealar O‘zbekiston tarixida yangi varaqni ochadi.

Yangi tizim sobiq tizimning ayrim xususiyatlarini o‘ziga me’ros qilib olishi aniq va shunday yo‘l bilan mavjud bo‘lgan siyosiy tizimning ayrim an’analari yanada mustahkamlanadi.

Saylovlar qanday axborot muhitida bo‘lib o‘tmoqda?

Oldin aytib o‘tganimdek, O‘zbekiston sobiq siyosiy tizimi faqat bir kishiga kuchli bog‘langan bo‘lgani uchun, uning vafotidan keyin jamiyatda ulkan noaniqlik paydo bo‘lishi kutilgan hol. Bundan buyon yaxshi bo‘ladimi, yomon bo‘ladimi — hech kim bilmaydi. Albatta bunday noaniqlik turli bezovtalik sababi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda hukumat almashinuvi axborot urushi nishonida

Ikkinchidan, siyosiy tizimning yagona rahbari vafot etganiga qaramasdan, ayrim xavflar bor bo‘lsada, tizim ichida keskin o‘zgarishlar bo‘lmaydi. 

Uchinchidan, sobiq prezident vafotidan keyingi prezident saylovigacha bo‘lgan vaqt va qanday o‘tayotgani, prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga nomzod saylangani

To‘rtinchidan, g‘arb va AQShda yashayotgan liberal muxoliftchilar orsida qandaydir g‘imirlash sezilmoqda. Lekin buning kelajak uchun umuman ahamiyati yo‘q, chunki ushbu guruhlar O‘zbekiston aholisiga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi, ularni qo‘llab-quvvatlaydiganlar soni juda kam.

Ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lganlar esa, bu – radikal islomga oid muxolifatchilardir. Lekin ularning faoliyati mutlaq tizimga qarshi, noqonuniy.

Islomchilar O‘zbekistonda notinchlik o‘yg‘otishi mumkinmi?

Bunday bo‘lishiga hech qanday asos yoki zamin yo‘q, lekin shunga qaramasdan doimo hushor bo‘lish kerak, chunki O‘rta Osiyo mamlakatlarining hech biri bunday xavfdan xoli emas.

Asosiysi, bunday xavf islomchilar faollashuvidan emas, balkim, ko‘proq mamalkatdagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqan holda yuz berishi mumkin.

Ta’qiqlangan materiallarni tomosha qilish - Sputnik O‘zbekiston
IDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ekstremistlar guruhi qamaldi

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston juda boy-badavlat mamalkat emas, mamalkatda ishsizlik darajasi, jumladan yashirin ishsizlik darajasi ancha katta, ayniqsa qishloq joylarida.

Bu o‘z navbatida yoshlarning marginallashishiga, ya’ni uzoq vaqt qiynalib yashaganidan keyin,  jamiyat qoidalarini inkor etish va davlatga ishonchsizlik namoyish qilish darajasigacha yetishiga, “chegaradan o‘tishiga” olib kelishi mumkin.

Biz o‘tgan yillar davomida, xuddi shunga o‘xshash ijtimoiy iqtisodiy holatda, yosh va ishsiz aholisi ko‘p bo‘lgan Misr va Yaqin Sharq mamlakatlarida “arab bahori” kabi rangli inqiloblar osonlik bilan amalga oshirilganini guvohi bo‘ldik.

O‘zbekiston hukumati buni yaxshi tushunadi, shuning uchun ham Mirziyoyev birinchi navbatda yangi ish o‘rinlari yaratishga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Yaqinda u ana shunday iqtisodiy islohotlar haqida gapirgan edi.

Agar Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lsa O‘zbekiston tashqi siyosatida hech qanday o‘zgarishlar kutish kerak emasmi?

Mirziyoyev Islom Karimovning ishonchli fikrdoshi sifatida qabul qilish kerak. Bu borada O‘zbekiston rahbariyati aniq va qat’iy nuqtayi nazarga ega – O‘zbekiston o‘zining betaraflik maqomini saqlab qoladi, o‘zining suverenitetini cheklaydigan hech qanday harbiy-siyosiy va integratsion ittifoqlarga qo‘shilmaydi. Shu jumladan YeOII va KShXTga ham. O‘zbekiston ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki taraflama hamkorlik yo‘lidan boradi.

Senat binosi. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Islom Karimov boshlab bergan yo‘ldan borishini ta’kidladi
 

Ikkinchidan, Mirziyoyev parlament oldida o‘qigan nutqida mamlakat tashqi siyosatida chet el mamlakatlari bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra Respublika tashqi siyosatida birinchi navbatda O‘rta Osiyo mamlakatlari, keyin Rossiya va MDH davlatlari va keyingi o‘rinda AQSh va Yevropa mamalkatlari bilan munosabatlar qurish turadi.

Iqtisodiy masalalarga kelsak…

O‘zbekiston iqtisodini Qozog‘iston iqtisodi bilan solishtirganda, ayrim jihatlari keskin farq qiladi. Modernizatsiya qilinish darajasi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdori, biznes uchun yaratilgan sharoitlar hamda chet el sarmoyalarini jalb qilish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bo‘yicha O‘zbekiston ancha orqada qolib ketgan. Bularni tez orada to‘g‘rilash mumkinligi ehtimoli juda kam.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vatanga qaytgan migrantlar uchun 155 ming ish o‘rinlarini yaratdi

Qandaydir iqtisodiy islohotlar, albatta, bo‘ladi. Mirziyoyev ular haqida e’lon qildi, lekin ular qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishi noma’lum. Ayni damda ko‘p ekspertlar jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi deb hisoblashmoqda.

Hozir O‘zbekiston oldida boshqa muhim masala turibdi. Hozir vaziyatni barqaror ushlab turish kerak xolos. Bunday vaziyatda iqtisodiy barkamollikka umid qilish – bu juda ham optimistik bo‘lgan  bo‘lardi.

Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining xavfsizlik, iqtisod  va gumanitar sohalardagi holati qanday?

Xavfsizlik sohasida, Rossiya va O‘zbekiston orasida ikki tomonlama shartnoma bor, undan tashqari ShHT doirasida ham hamkorlik qilinmoqda, lekin KXShT shartnomasi doirasidagi hamkorlikka qaraganda – bu juda kam, lekin hamkorlik bor.

Sabzavot bazasidan mahsulot olib chiqish - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi hajmini oshirishga kelishib olishdi

Iqtisodiy hamkorlikka kelsak, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik hamkori emas. Bu sohada  O‘zbekiston hamkorlari turli mamlakatlardan iborat: Xitoy, Turkiya, Yevropa mamlakatlari. Shuningdek Rossiya O‘zbekistonda eng yirik sarmoyaviy hamkor ham emas, lekin ayrim yirik Rossiya sarmoyadorlari O‘zbekistonda ishlamoqda. Bular avvalombor Gazprom va Lukoyl.

Kichikroq korporatsiyalar ham bor. Masalan MTS va boshqa o‘rta va kichik biznes vakillari O‘zbekistonda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. O‘zbekiston, albatta bu Qozog‘iston emas. Qozog‘istonda Rossiyaning katta va kichik korxonalari uchun juda maqbul sharoitlar yaratilgan.

Bu nimaga bog‘liq?

Bunga bir necha sabablar bor: avvalombor, O‘zbekistonda chet ellik sarmoyadorlar uchun sharoit o‘ta qiyin. Eng oddiysi sabab — milliy valyuta konvertatsiya qilinmaydi. Masalan, siz u yerda bir-ikki so‘m pul ishlab topsangiz uni olib chiqib ketish ham muammo.

OAO Lukoyl prezidenti Vagit Alekperov - Sputnik O‘zbekiston
LUKOYL O‘zbekistonda barcha loyhalarini belgilangan muddatda bajaradi

Undan tashqari nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari ko‘rsatkichlarini olsak, masalan Doing Business, O‘zbekistonga sarmoya kiritish, juda murakkabligining guvohi bo‘lasiz. Bu holat nafaqat Rossiya sarmoyalariga balkim Turkiya, Belgiya yoki boshqa har qanday mamlakat sarmoyalariga qarshi ishlaydi. Shuning uchun ham aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sarmoyalar miqdori qo‘shni Qozog‘istonga qaraganda ancha kam.  

Yana bir jiddiy muammo – bu shaxsiy mulk muammosi. Buni yashirishning keragi yo‘q deb hisoblayman. O‘zbekistonda bu borada qabul qilinayotgan qarorlarning ko‘pi – norasmiy, ya’ni qonun doirasida emas, ayrim shaxslar manfaatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Logotip kompanii MTS - Sputnik O‘zbekiston
MTS UMC tarkibidan chiqishga qaror qildi

Shuning uchun biz, mamlakat rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat qura oladigan faqat eng yirik korxonalarga O‘zbekiston  bilan ishlashni maslahat bergan bo‘lardik. O‘rta va kichik biznes sarmoyadorlarga Qozog‘istonga sarmoya kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Ayni damda O‘zbekiston va AQSh munosabatlari qanday?

Meni fikrimcha – o‘rtacha. Hamkorlik bor lekin O‘zbekistonda AQSh harbiy bazalari ochish imkoni yo‘q. Chunki oldin, Andijon voqealarida O‘zbekiston hukumati aynan AQShni ayblagan edi.

Ular buni isbotlashganmi?

Ular o‘zlari uchun yetarli bo‘lgan dalil keltirishgan. Tabiiyki, g‘arbda buni isbot sifatida qabul qilishmagan. Lekin shuna qaramasdan AQSh o‘z harbiy bazasini O‘zbekistondan olib chiqib ketishga majbur bo‘lgan.

Ularning o‘rniga boshqa mamlakatlar harbiy baza ochishga harakat qilmaganmi?

Qilishgan, lekin oldin aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston o‘zini betaraflik siyosatini qat’iylik bilan olib borayotgani tufayli, boshqa hech qanday mamlakaga, jumladan Rossiyaga ham ruxsat bermaydi.

Prezidenti saylovi davomida AQSh va G‘arb mamlakatlari O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga harakat  qilishmaydimi?

To‘g‘risini aytganga jiddiy bosim bo‘lmaydi, lekin OAVda biroz shovqin ko‘tarilishi mumkin, chunki O‘zbekistonda inson huquqlarini saqlash sust darajada.

Umuman aytganda, hozirgi vaqtda AQSh va Yevropaning o‘z muammolari boshidan oshib yotibdi, shuning uchun ular O‘zbekiston prezidenti sayloviga jiddiy qarshilik qila olmaydi.

Ushbu intervyuni quyida, rus tilida eshitsangiz bo‘ladi.

Kazansev: Zapadu ne vigodno davlenie na Uzbekistan v period viborov

 

Yangiliklar lentasi
0