MTS UMC tarkibidan chiqishga qaror qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLogotip kompanii "MTS"
Logotip kompanii MTS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oxirigacha MTS kompaniyasi O‘zbekistondagi UMS tarkibidan chiqishi mumkin.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Rossiyaning MTS kompaniyasi avgust oxirigacha O‘zbekistonda tashkil qilingan UMS qo‘shma korxonasi tarkibian chiqishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Bu haqidagi hal qiluvchi qaror tomonlar orasida qabul qilingan. Yaqin orada, avgustning oxiriga qadar MTS sarmoyadorlar safidan chiqishi mumkin”, — dedi axborot agentligiga xabar bergan vakil. UMS kompaniyasi va O‘zbektelekom vakillaridan ushbu xabar yuzasidan sharh olishning, hozircha, iloji bo‘lmadi.

O‘zbekiston uyali aloqa bozori faoliyatidan xabardor bo‘lgan mutaxassislar MTSning ulushi “Uzmobayl” kompaniyasiga o‘tish ehtimoli katta ekanligini xabar qilishmoqda.

O‘tgan yillarda MTS kompaniyasi va O‘zbekiston hukumati orasida bo‘lib o‘tgan mojarolardan barchaning xabari bor, albatta. Munosobatlar qayta tiklanganidan keyin, Universal Mobile Systems 2014-yilning 1-dekabridan boshlab aloqa xizmatlari ko‘rsatishni boshlagan edi.

O‘shanda O‘zbekiston hukumati va MTS kompaniyasi yangi shartnoma asosida qo‘shma korxona tuzishgan edi. Unga ko‘ra yangi tuzilgan UMS qo‘shma korxonasining 50,01 % aksiyasi MTSga va 49,99 % aksiyasi esa “O‘zbektelekom”ga qarashli edi.

2015 yil natijalariga ko‘ra, UMS abonentlar tarkibini 5,8 baravar ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan, uning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 1 %dan 5,4 %ga o‘sgandi.

Yangiliklar lentasi
0