LUKOYL O‘zbekistonda barcha loyhalarini belgilangan muddatda bajaradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishOAO "Lukoyl" prezidenti Vagit Alekperov
OAO Lukoyl prezidenti Vagit Alekperov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov Rossiyaning neft va gaz kompaniyasi rahbari bilan uchrashuvda belgilangan loyhalarni amalga oshirish muddatini va kelajakdagi hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qildi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov seshanba kuni LUKOYL rahbari Vagit Alikperov bilan belgilangan loyhalarning amalga oshirilish jarayoni va muddatini muhakama qildi, prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Karimov LUKOYLning O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi faol hatti-harakatiga yuqori baho berdi. Kompaniyanig O‘zbekistondagi umumiy sarmoya miqdori 5 milliard dollardan oshdi.   

LUKOYL O‘zbekistonda uch loyha ustida ishlamoqda – Qandim – Hauzak – Shadi, Janubi-G‘arbiy Hissor va Orol dengizining O‘zbek qismida xalqaro konsorsium tarkibida geologik razvedka ishlari olib bormoqda.

Birinchi ikki loyha doirasida LUKOYL mahsulotni bo‘lib olish sharti bilan ishlaydi va 2020-yilga qadar 18 milliard kubometr gaz qazib olishni rejalashtirgan, sarmoyalar hajmini esa 8 milliard dollarga yetkizini rejalashtirgan. Hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda qazib olingan gaz miqdori 30 milliard kubometrdan oshdi.     

“LUKOYL, albatta, O‘zbekiston neft va gaz sektorida amalga oshirilayotgan sarmoya loyhalari doirasida, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘laqonli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashini ta’kidladi —deb ta’kidladi Alikperov", —deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Xususan, hozir LUKOYL Qandim gaz ishlab chiqarish zavodi qurilishini boshladi. Ushbu zavod eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilmoqda, bu esa unga kelajakda, yiliga 8 milliard kubometr gazni chuqur qayta ishlash imkonini beradi. Alekperovning so‘zlariga qaraganda, 2018-yilda ishga tushiriladigan ushbu loyhani amalga oshirish, 2015 – 2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodni diversifikatsiya qilish va O‘zbekiston sanoat bazasini kengaytirishga qaratilgan, iqtisodni islohot qilish davlat dasturi asosida, amalga oshirilmoqda.

Suhbat davomida, o‘zaro manfaatli hamkorlikning kelajakdagi muhim yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0