TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi vaziyat oxirgi vaqtlarda sobiq Ittifoq hududidagi eng asosiy yangiliklar qatoridan o‘rin olgan. Prezident Karimovning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabarlar paydo bo‘lganidan keyin internetda O‘zbekiston kelajagi haqida ko‘plab vahimali xabarlar paydo bo‘la boshladi.
Ushbu munosabat bilan “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi “O‘zbekistonda hukumat almashinuvi xalqaro axborot urushi nishonida” mavzusida davra suhbati tashkil qildi.
Doira suhbatida MGIMO Analitik tadqiqotlar markazi direktori Andrey Kazansev, Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Stanislav Pritchin, Sobiq Ittifoq mamalkatlari iqtisodiy rivojlanish markazi rahbari Yelena Kuzmina va siyosatshunos Nikita Mendkovichlar ishtirok etishdi. Davra suhbatini “Rossiya segodnya” Axborot-analitika markazi direktori Sergey Rekeda olib bordi.
Birinchi bo‘lib so‘z berilgan MGIMO Analitik tadqiqotlar markazi direktori Andrey Kazansev, O‘zbekiston bugungi erishgan siyosiy barqarorligi, mamlakat birinchi prezidenti Islom Karimovning ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy xizmati ekanligini aytib o‘tdi. Xususan, juda murakkab geosiyosiy regionda, qiyin davrlarda Islom Karimov barqarorlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi, dedi ekspert.
Ikkinchidan, aynan Islom Karimov tashqi siyosatda O‘zbekistonni hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik siyosiatini boshlab bergan. Bugungi kunda, Rossiya O‘zbekistonni KXShT va YeOIIga kirishini qanchalik xoxlamasada, O‘zbekiston o‘zining betaraflik siyosatini davom ettiradi va yuqoridagi tashkilotlarga yaqin orada a’zo bo‘lmaydi.
Siyosiy jihatdan Mirziyoyevning prezidentlikka nomzod bo‘lishi ko‘pchillika oydek ravshan edi. Islom Karimov prezident bo‘lgan vaqtlarda Mirziyoyev mamlakatda "ikkinchi" odam edi. Prezident vafotidan keyin uning birinchi nomzod bo‘lishi — bu hamma uchun tushunib qabul qilinadigan holat edi.
Shavkat Mirziyoyevning iqtisod bilan shug‘ullangani ham, yangi lavozimda unga juda qo‘l keladi, chunki O‘zbekiston oldida turgan asosiy muammolar aynan ijtimoiy va iqtisodiy xarakterga ega.
O‘zbekistonning chet ellardagi muxolifatiga kelsak, ular mamalkatda bo‘layotgan jarayonlarga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi. O‘zbekiston uchun asosiy xavflar mamlakat ichida bo‘lgan yashirin radikal islom terrorchi guruhlari bo‘lishi mumkin.
Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Stanislav Pritchinning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda hukumat almashishining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tdi. Konstitutsiya bo‘yicha prezident vazifasini bajarishi kerak bo‘lgan Yo‘ldoshevning o‘zi prezidentlik vazifasini o‘tashdan voz kechishi, parlamentning ikki palatasi Mirziyoyev nomzodini tasdiqlashi – bularning hammasi qonuni doirasida amalga oshirildi.
G‘arb va ayrim Rossiya OAVlari bu borada juda ko‘p salbiy ma’nodagi gaplarni yozishgan bo‘lsada, ularning gapi hech narsaga asoslanmagan. Bu borada vaziyat “it huraverar, karvon o‘taverar” maqoliga o‘xshash.
Ikkinchidan, O‘zbekiston yangi prezidenti kelajakda G‘arbdagi va MDHdagi hamkorlari oldida ham yorug‘ yuz bilan yurish uchun, prezident saylovlari imkon qadar oydinlik va ochiqlik bilan o‘tkazishga harakat qilmoqda. Buning uchun YeXHT, ShHT va boshqa bir necha xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar taklif qilingan.
Shavkat Mirziyoyevning nutqini tahlil qilgan Pritchin, O‘zbekiston tashqi siyosatining quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini payqagan: birinchi o‘rinda — qardosh O‘rta Osiyo respublikalari, ikkinchi o‘rinda MDH mamlakatlari, ular orasida Rossiyaga alohda o‘rin ajratilgan. Keyin esa AQSh, Xitoy va g‘arb mamlakatlari.
Yangi prezidentning migrantlarga nisbatan siyosati qanday bo‘lishi ham ko‘pchillikni qiziqtirmoqda. Mirziyoyev o‘z dasturining asosiy vazifalaridan biri qatorida — respublikada 1 million ish joylari tashkil qilishni rejalashtirgan.
Ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi va ichki siyosatda hamda terrorchilikka qarshi kurashda olidingi hukumat olib borgan siyosatni va kurashni davom ettiradi.
Kuzminaning aytishicha, O‘zbekiston iqtisodining ustunlik tomonlaridan biri — bu uning diversifikatsiya qilinganidir. Ya’ni, mamalkat iqtisodi faqat bir sohaga, yoki bitta yirik chet ellik hamkorga bog‘lanib qolmagan. Bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat paxta xom ashyosi, balkim ko‘proq tayor mahsulotlar, yuqori texnologiyali tovarlar eksport qilishga harakat qilmoqda. O‘zbekistonning eng yirik chet ellik hamkorlari bu Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreyadir.
Bi necha yillar davomida xalqaro institutlar tomonidan salbiy baholanib kelgan O‘zbekistondagi sarmoya iqlimi ham oxirgi yillarda 12-27 punktga yaxshilandi. Bu O‘zbekiston iqtisodiga yangi sarmoyadorlar kirib kelishiga yaxshi sharoit yaratadi. Ular qatorida Rossiya kichik va o‘rta biznesi vakillari tomonidan O‘zbekistonga qiziqish sezilmoqda.
Siyosatshunos Nikita Mendkovichning fikriga ko‘ra, g‘arb va ayrim Rossiya nashlarida nima deb yozishlariga qaramasdan O‘zbekistondagi saylov tizimi demokratik saylov tizimining barcha talablariga javob beradi. O‘zbekistondagi demokratik saylov tizimi AQSh yoki Yevropa saylov tizimiga o‘xshamagan, ulardan nusxa ko‘chirilmagan, lekin u milliy urf-odatlariga mos ravishda qurilgan.
O‘zbekistonda qabul qilingan aksilterror choralarni g‘arb nuqtayi nazaridan haddan ziyod yoki totalitar rejimga xos deb qabul qilmasdan, mamalkatning Afg‘onistonga yaqin joylashgani bilan izohlasa bo‘ladi.
To‘g‘ri, O‘zbekiston demokratiyasi G‘arb demokratiyasidan keskin farq qiladigan ayrim xususiyatlarga ega, lekin ushbu xususiyatlar mahalliy aholi tomonidan qabul qilingan va ma’qullangan.
Mening fikrimcha O‘zbekiston jamoatchiligi mamlakatning bugungi rahbariyatini qo‘llab-quvvatlaydi va bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarda biz buning guvohi bo‘lamiz.
G‘arbda O‘zbekistonning betaraflik siyosatini qo‘llab-quvvatlashmaydi. Ularning O‘zbekiston hududida harbiy baza ochishga qaratilgan barcha urinishlari zoe ketdi. Ayni damda hukumat almashishidan foydalanib ayrim guruhlar mamlakatda o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilishiga qaramasdan O‘zbekiston jamoatchiligi bunday “texnologiyalarga” ta’sirchan emas.
Shundan keyin ekspertlar jurnalistlar savollariga javob berishdi. Quyida ushbu davra suhbatini batafsil tomosha qilishingiz mumkin.