Dushanba kuni Moskvada enaga bo‘lib ishlayotgan ayol Gulchehra Boboqulova o‘z qarovi ostida bo‘lgan bolani o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan va ko‘chaga chiqib ketgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Boboqulovani kimdir gij-gijlagan bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha sobiq xushtori Boboqulovani “ekstremistik islomiy g‘oyalar”ga da’vat qilgan. Ayolning ushbu “mutlaq tushunarsiz” hatti-harakati tufayli, Tergov qo‘mitasi unga asab-ruhiy ekspertiza o‘tkazishni belgilagan. Rossiya talabiga ko‘ra, O‘zbekiston IIV qotil enaga haqida kerakli ma’lumotlarni allaqachon yuborgan.