TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Samarqand viloyat Asab-ruhiy kasallikliklar dispanseri, Moskvada vahshiy qotillik amalga oshirgan enaga Gulchehra Boboqulova haqiqatdan ham kasalxonada “o‘tkir shizofreniya” kasalidan davolangan va psixiatr ro‘yxatda turganini tasdiqladi.
“Gulchehra Boboqulova, haqiqatdan ham 2003-yildan boshlab bizning kasalxonada “O‘tkir shizofreniya” diagnozi bilan ro‘yxatda turgan”, — deyishdi kasalxonada Chorshanba kuni.
Kasalxona xabariga ko‘ra, Boboqulovada kasallik natijasida, “psixika buzilishi va o‘z hatti-harakati ustidan nazoratni yo‘qotish “ tez-tez bo‘lib turardi.
Boboqulovaning dugonasi Aziza Gadoyeva aytishiga qaraganda, u O‘zbekistonga oxirgi marta kelgan vaqtida o‘zini juda jahldor tutgan. Gadoyevaning fikricha bunga uning xushtori sabab bo‘lgan.
Rossiya Tergov Qo‘mitasi xabariga ro‘ra, dushanba kuni Moskvada enaga bo‘lib ishlayotgan ayol Gulchehra Boboqulova o‘z qarovi ostida bo‘lgan bolani o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan va ko‘chaga chiqib ketgan.
Ushbu jinoyat sabablari o‘rganilmoqda, Rossiya Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Boboqulovani kimdir gij-gijlagan bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha sobiq xushtori Boboqulovani “ekstremistik islomiy g‘oyalar”ga da’vat qilgan. Ayolning ushbu “mutlaq tushunarsiz” hatti-harakati tufayli, Tergov qo‘mitasi unga darhol asab-ruhiy ekspertiza o‘tkazishni belgiladi.