Kreml markaziy telekanallarga enaga qotilligini ko‘rsatmaslikni buyurmagan

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ushbu jinoyat, uni televizorda ko‘rsatish uchun, o‘ta mudhish”, - dedi Peskov.

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Kreml, markaziy telekananallarga Moskvada bo‘lib o‘tgan qotillik haqidagi sujetni ko‘rsatishni ta’qiqlamagan, ularning o‘zi ushbu fojeani ko‘rsatmaslikka qaror qilgan, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Eslatib o‘tamiz, kecha Moskvada O‘zbekistonlik enaga, o‘z qarovi ostida bo‘lgan yosh bolani o‘ldirib, xonadonga o‘t qo‘ygan. Politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinguniga qadar ushbu dahshatli jinoyatni amalga oshirgan ayol, 20 daqiqa davomida ko‘chada o‘ldirilgan bolaning boshin ko‘tarib yurgan va poliyatsiya xodimiga o‘zini portlatib yuborishi mumkinligini aytgan.

“Kreml tomonidan markaziy telekanallarga hech qanday ko‘rsatmalar berilmaydi… Bizga ma’lum bo‘lishicha, telekanallar ushbu fojeani ko‘rsatmaslik haqida o‘zlari qaror qilgan. Mening fikrimcha, bunday qarorni faqat qo‘llab-quvvatlash mumkin, chunki ushbu jinoyat, uni televizorda ko‘rsatish uchun, o‘ta mudhish”, — dedi Peskov.  

Uning aytishicha, butun dunyo OAVlari fojeali voqyealar tasvirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishdan voz kechmoqda.

“Bunga misollar juda ko‘p, shunday yo‘l bilan OAVlar o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildiradi. Bizda ham aynan shunday bo‘ldi”, — deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Butun Moskva aholisi haliyam kecha bo‘lib o‘tgan voqeadan o‘ziga kelgani yo‘q. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda jabr ko‘rgan oilaga o‘z hamdardligini bildirmoqda va "Oktabrskoe pole" metro bekatiga gullar va yumshoq o‘yinchoqlar olib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0