TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Moskvada enagalik faoliyati bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova vahshiylarcha qotillik sodir etganlikda ayblanmoqda. Ayol bu ishni bir necha kishining gij-gijlashi natijasida amalga oshirgan degan taxminlar mavjud. Hozirda jinoyatchining sheriklari qidiruvga berilgan, dedi chorshanba kuni Moskva shahar Presnya tuman sudi tergovchisi. Sud qarori bilan Gulchehra Boboqulova 29-aprelga qadar hibsga olindi, xabar qiladi RIA Novosti.
Sud majlisida tergovchi ba’zi bir shaxslar(ular hozir qidiruvda), Boboqulovani ushbu jinoyatni sodir etishga gij-gijlagan degan gapni aytdi. Jurnalistlarning “Qanday sabab sizni ushbu jinoyatni sodir etishga undadi?” degan savoliga, ayol “Alloh buyurdi” deya javob berdi.
Hibsga olingandan so‘ng ayolga sud-psixiatrik ekspertiza tayinlandi.
"Ushbu jinoyatni sodir etishga gij-gijlagan shaxslar hozirda ozodlikda, ular qidiruvga berilgan”, —dedi tergov qo‘mitasi vakili, qidiruvdagi shaxslar kimligini aniqlashtirmay.
Boboqulova uchta farzand onasi ekanligi ma’lum.
Tergov qo‘mitasi 4-mart kuni Boboqulovaga vahshiylarcha qotillik ayblovini e’lon qilishni rejalashtirgan.
Qotillik 29-fevral kuni Moskva shimoli-g‘arbida sodir etildi. Enaga 4 yashar qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishini kutib turgan va shundan so‘ng qizchaning kallasini kesib olib, kvartiraga o‘t qo‘ygan. Telbanamo ahvolda ko‘chaga chiqib ketgan Boboqulova to politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingunga qadar metro yonida yo‘lovchilarni qo‘rqitganligi ta’kidlanmoqda.
RIA Novostida e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, vahshiylarcha qotillikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova, Rossiyada vaqtiligida Tojikiston fuqarosi bilan yashagan. Erkak Gulchehra Boboqulovani ekstremistik oqimga qo‘shilishga undagan va uning ongiga "diniy ishlov" bergan, degan taxminlar ham yo‘q emas.
Guvohlarning aytishicha, Boboqulova oxirgi marta, ya’ni yanvar oyida pasportini almashtirish uchun O‘zbekistonga borganida, o‘zini juda agressiv tutgan va hamqishloqlariga yangi eri tomonidan tuhfa qilingan hijobni namoyish etgan.