TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Kuni kecha Moskva shahridagi “Oktabrskoe pole” metro stansiyasi oldida kishini larzaga keltiruvchi hodisa yuz berdi: qo‘lida chaqaloqning kesilgan boshini ushlab olgan ayol, atrofdagilarni hozir o‘zini portlatishini aytib, qo‘rqitgan. Ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganligi ta’kidlanmoqda, RIA Novosti xabari asosida.
Stansiya metro "Oktabrskoe pole". Moskva skorbit. Moskva v shoke… pic.twitter.com/z0X2pcOc0W
— Vadim Kovalov (@VadimKovalev) 1 marta 2016 g.
"U metro yoniga kelganida, qo‘lida qizil paketi bor edi. Birdan paketdan yosh bolaning boshini chiqardi va allanimalar deb baqira boshladi. Uning yoniga yaqin borishga hech kim jur’at qila olmadi, chunki hamma vahimaga tushib qolgan edi”, — dedi guvohlardan biri.
Ushbu hodisa tufayli "Oktabrskoe pole" metrosi yaqinida transport harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Yosh bolaning vahshiylarcha o‘limida gumon qilinayotgan ayol ustidan sud ishi tez kunda boshlanishi ta’kidlanmoqda.
Bugun Moskva ahli vahshiylarcha o‘ldirilgan yosh qizaloqni xotirlamoqda. Poytaxt aholisi ko‘z yoshlarni yashirmayapti. Odamlar "Oktabrskoe pole" stansiyasi atrofini sham, gulchambarlar, yumshoq o‘yinchoqlar va shirinliklar bilan to‘ldirib tashlashdi. Moskva motamda.
Yedu v ofis: u vxoda v M.Oktabrskoe pole Moskvichi nesut igrushki, sveti i shokolad, navorachivayutsya slezi((pic.twitter.com/EByjeEMOYN
— Murtazin Farit (@FaritMurtazin) 1 marta 2016 g.