O‘zbekiston IIV Rossiyaga qotil-enaga ishi bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni yubordi

© fotoliaQonun va huquq timsollari
Qonun va huquq timsollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV Rossiya Tergov qo‘mitasiga Gulchehra Boboqulova haqida kerakli ma’lumotlarni to‘plashda, barcha yordamni berishga va’da berdi, dedi Rossiya TQ vakili Vladimir Markin.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari bugun Gulchehra Boboqulova ishi yuzasidan kerakli ma’lumotlarning bir qismini Rossiya Tergov qo‘mitasiga yuborishgan.

Oldinroq, Rossiya Tergov qo‘mitasi, Moskvada  O‘zbekistonlik enaga tomonidan to‘rt yoshli bola o‘ldirilishi munosobati bilan O‘zbekiston IIVga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

“Tergovchilar O‘zbekistonga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilishdi va O‘zbekistonlik hamkasabalar, ayblanayotgan ayol haqida barcha kerakli ma’lumotni  yuborishga va’da berishdi”, — degan edi Vladimir Markin, Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili.

Markin, ushbu jinoyat Tergov organlari tomonidan to‘liq, obyektiv va har tomonlama o‘rganib chiqilishiga va’da berdi.  

 

Yangiliklar lentasi
0