Lukashenko nega tez orada o‘z xatosini to‘g‘rilaydi?

Belarus hukumati tomonidan 9-avgustga belgilangan prezident saylovlari vaqtida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan 33 nafar Rossiya fuqarosining Minsk yaqinida hibsga olinganiga ham bir hafta bo‘lib qoldi
Sputnik

Petr Akopov

Ro‘y berayotgan voqealar hech qanday qolipga sig‘maydi - Rossiya va Belarus o‘rtasidagi qardoshlik aloqalari ikki mamlakat xalqlari va ularning rahbarlari tomonidan yuqori baholanadi. Lukashenko saylovlarning birinchi bosqichidayoq oltinchi marta prezident etib qayta saylanishiga shubha yo‘q, shunday ekan, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligini sinayotgan va Lukashenkoning Rossiyaga bo‘lgan ishonchiga rahna solayotgan bu g‘alati voqea kimga va nima uchun kerak bo‘ldi?

Belarusda 33 nafar rossiyalik qo‘lga olinishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shu narsaga darhol aniqlik kiritish lozim-ki: Putin Lukashenkoni ag‘darishga uringaniga hech kim ishonmaydi. Ikki yetakchining o‘zaro yigirma yillik munosabatlari (ular bir-birlarini bundan ham oldinroq tanishgan), ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni tilga olmagan holda, bu boradagi taxminlar hatto mutlaqo bema’ni ekanligidan darak beradi. Xuddi shu tarzda, Rossiya hukumatini allaqanday yo‘l, xususan, kuch ishlatish orqali, Belarus hukumatini almashtirishga yordam berishda gumonlash uchun ham hech qanday dalil mavjud emas. Ya’ni, Minsk bir guruh Rossiya XHK vakillarining Belarusda bo‘lishi tranzit xarakterga ega ekanligi haqidagi tushuntirishlarga ishonmasligiga qaramay, rejalashtirilgan buzg‘unchilik harakatlari borasida ishonarli versiyani o‘ylab topish ham ularning qo‘lidan kelganicha yo‘q.

Lukashenkoning sobiq raqibi dunyoning 32 yetakchisiga maktub yozdi

Minsk taxminiga ko‘ra, ular muxolifatdagi prezidentlikka nomzodlardan biri - Svetlana Tixanovskaya shtabiga aloqador bo‘lishi mumkin, biroq hech qanday tafsilotlar keltirilmayapti. Buning ajablanarli tomoni ham yo‘q: sababi, bunday aloqa mutlaqo aql bovar qilmas ko‘rinishga ega. Tixanovskaya Rossiyada kuch tuzilmalari yoki ularga yaqin tuzilmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin emas, har qanday xususiy harbiy kompaniya yoki shunga o‘xshash tashkilotlar esa kuch tuzilmalari tomonidan o‘ta yaqindan nazorat qilinadi.

Qolaversa, Minskda 33 yoki hatto 200 (belarus hukumati so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan taxminan shuncha kishi respublika hududiga tashlanishi rejalashtirilgan) odamning nima keragi bor? Ular nima qilishi kerak edi? Davlat to‘ntarishini uyushtirishimi? Ommaviy tartibsizliklarni yuzaga keltirishimi?

Lukashenko chet el jurnalistlarini mamlakatdan quvish bilan qo‘rqitdi

Ayrim belarus siyosatchilari oxirgisiga shama qilmoqda.

Ularning versiyasiga ko‘ra, Moskva Lukashenkoni zaiflashtirishni, uning qayta saylanishi qonuniyligini pasaytirishni juda xohlaydi va bu uchun Belarusda tartibsizliklarni qo‘zg‘ashga qaror qilgan. Rossiyalik mehmonlar esa respublika hududiga tashlanishidan oldin va undan so‘ng darhol xuddi shu ish bilan shug‘ullanishlari lozim. Nega desangiz, Lukashenkoga radikal oppozitsiya orasida chinakam to‘polonchilari kam - kuch tuzilmalarini ommaviy noroziliklarni qon bilan bostirishga turtkilaydiganlarning o‘zi yo‘q:

"Kreml faqatgina Lukashenkoni zaiflashtirishni, uni yanada itoatkor va muomalaga ko‘nadigan qilishni, unga manyovr uchun maydonni cheklashni xohlamoqda. Moskva fikriga ko‘ra, bunga davlat rahbarining qayta saylanishini qonuniyligini pasaytirish va G‘arb bilan munosabatlarni yomonlashtirish orqali erishish mumkin. Buning uchun OMONchilar saylovlardan oldin va keyin imkon qadar qonli yo‘l bilan, idealida esa qurbonlar bilan namoyishchilarni quvib solishlari kerak bo‘ladi. <…> Aynan shu fitnachilar roli uchun ham vagnerchilarni olib kelishgan. Taxminlarga ko‘ra, fitnachilar huquq-tartibot organlariga tegajog‘liq qilishadi, o‘rtadagi to‘polonga tez orada ularbolaku deb atalmish mahalliy norozichilar qo‘shiladi, so‘ngra, fitnachilar boshqalarga bildirmay maydonni tark etadi.

Belarus kuch tuzilmalari va maxsus xizmatlarining vazifasi esa - ushbu ssenariylarni oldini olish va chet el ta’siridagi agentlarni neytrallashdan iborat.

Lukashenko: saylovlarni kuzatgingiz kelsa - marhamat, lekin qanday yashashni o‘rgatmang

Bu hozirgi kunga qadar u yoki bu ma’noda eng izchil belarus versiyasidir. Shu o‘rinda kichik bir savol tug‘iladi: Rossiya muntazam ravishda "rangli inqiloblar"ga qarshi chiqadi va kutilmaganda, Lukashenkoni diskreditatsiya qilishga qaratilgan g‘alati operatsiyasi bilan shaxsan o‘zi uning Belarusda amalga oshishiga imkoniyatni oz bo‘lsa-da, kuchaytirmayaptimi?

Va eng muhimi - Moskvaga umuman olganda Lukashenkoni zaiflashtirish nimaga kerak (ayniqsa, bunday usullar bilan)? Qanaqasiga nega, axir u G‘arbga qarab ketmoqda-ku, deyish mumkin, tinimsiz shu gapni takrorlaydigan qo‘riqchilarimiz gapidan iqtibos keltirgan holda. Ular rus dunyosi va Rossiya muhofazasi uchun kuyib-yonadiganlar xilidan emas, balki sobiq Ittifoq maydonida yuz beradigan har qanday o‘zgarishdan vahimaga tushadiganlar toifasidan (ha, sobiq Ittifoq maydonida Rossiya va G‘arb o‘rtasida doimiy kurash kechadi, ammo biz bu urushda, "ox" va "ax"larga qaramay, mag‘lubiyatga yuz tutayotganimiz yo‘q).

Pompeo AQSh Belarusga neft yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi

Ha, Lukashenko o‘tgan yili AQSh bilan yarashdi - Minskda amerika elchixonasi ochildi. Ha, Lukashenko Ittifoq davlati doirasida integrallashuvni chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralarni keskin olib bordi. Ha, Lukashenko Rossiya Belarusga o‘z shartlarini uqtirishga harakat qilayotgani haqida tez-tez gapira boshladi. Ammo bularning barchasida Rossiyaga qarshi qaratilgan hech vaqo yo‘q — aksincha, integrallashuv Rossiya bilan kechmoqda, G‘arb bilan emas.

Vahimachilar qo‘rqitayotgani kabi - bu yerda Ukraina ssenariysi izi bormi, u takrorlanishi mumkinmi? Albatta, yo‘q — obyektiv va subyektiv sabablar shu darajada ko‘pki, ularni takrorlab o‘tishning o‘zi g‘alati.

Radikal aksil-rus millatchilar bilan o‘yin qilinmayapti (ularning soni ham Ukrainadagiga nisbatan ancha kam), G‘arbga moyil bo‘lgan, korrupsiya botqog‘iga botgan yoki sotilgan elitalar yo‘q, qolaversa, G‘arb belarus jamiyati bilan maqsadli keng ko‘lamli ishlarni olib borayotgani yo‘q, chunki bu jamiyat bugun mutlaqo boshqa holat va kayfiyatda.

Sluskiy: Rossiya va Belarus o‘rtasidagi munosabatlarni hech kim va hech qachon buzolmaydi

Va eng asosiy sabab, - 1994-yil hokimiyat tepasiga kelgan Lukashenko ikki davlat va xalqlar qardosh ittifoqining doimiy tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. U Ittifoq davlat yaratilishining tashabbuskori bo‘lgan va hamisha bizning birligimizni ta’kidlab kelgan. To‘g‘ri, to‘liq qo‘shilish hali ro‘y bergani yo‘q, ammo bu keyin - Lukashenkodan keyin ro‘y beradigan tarixiy davr oldidagi masaladir.

Ammo bu uni kuch bilan almashtirish orqali yuz bermaydi - uning hozirgi mashhurligida esa (u uchun aholining yarmidan ko‘pi ovoz berib turganida) boshqa yo‘li bo‘lishi ham mumkin emas. Moskva Lukashenkoning ketishini xohlamaydi — unda kim xohlaydi?

Belarus jamiyatining G‘arbga yuz burgan qismi xohlaydi. G‘arbning o‘zi ham xohlaydi - to‘g‘rirog‘i, Rossiyadan Ukrainani ajratib olish uchun ovoz bergan va to hanuzga qadar bu ish vaqtinchalik emas, asrlarga amalga oshdi, deb o‘ylaydigan kuchlar shuni istamoqda.

Rossiya Belarusni qo‘shib olishga "shama qilmoqda” - Lukashenko

Lukashenko va Putinning dushmanlari umumiy, va bu ularni birlashtirib turgan asosiy narsa emas, bu haqda hech qachon unutish kerak emas.

Unda nega bizning fuqarolarimizni hibsga olishdi? Afsuski, Lukashenko o‘zini o‘zi chalg‘itdi - shaxsiy mustaqilligini o‘z saylovchilariga (ayniqsa, unga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati mavjud bo‘lgan qatlamga) kabi, Moskvaga ham ko‘rsatish qo‘yish uchun qilgan urinishlari davomida u qo‘lga olingan rossiyaliklar bilan bog‘liq voqeani chuvalatib yubordi.

Yana bir maqsad bor edi: G‘arbga o‘zining mutlaqo mustaqilligini, bundan tashqari, Moskvadagilar undan norozi ekanligini ko‘rsatib qo‘yish. Aytgancha, uning bu o‘ylari darhol ish bergani yo‘q — ya’ni G‘arb bunda rus izi borligiga ishonmadi. Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin bu haqda Lukashenkoga tushuncha berdi:

Rossiya va Belarusda yagona valyuta qachon joriy etilishi ma’lum bo‘ldi

"Men rahbarlik qilayotgan xizmat atrofdagi voqealarni, jumladan, boshqa davlatlar siyosiy elitalari tomonidan qanday baho berilayotganini kuzatib bormoqda. Aytishim kerak-ki, Yevropa mamlakatlarida siyosiy elitalar, hukumat doiralari buni oldindan o‘ylangan aksiya sifatida baholamoqdalar".

Shu bilan birga, Narishkin, boshqa Rossiya rasmiylari singari, bu voqea iloji boricha tezroq hal qilinishiga ishonch bildiradi:

"Bu hodisa biroz vaqt o‘tib hal bo‘lishi va yengib o‘tilishiga umid qilaman. Bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona, qardoshlik aloqalarini rivojlantirish manfaatlariga javob beradi".

Moskva Lukashenkoni jazolashni ham, munosabatlarni yomonlashtirishni ham istamaydi - chunki u qisqa muddatli muammolarni strategik kursdan ajratadi. Lukashenko qardosh munosabatlarni sotgan yoki xiyonat qilgan emas - u SSSR qulaganidan keyin tasodifan mustaqil bo‘lgan kichik bir davlatning rahbaridir. Rus xalqining bir qismi - belaruslar yashaydigan davlatning rahbari. Belaruslar hech qachon o‘z taqdirini butun rus dunyosi taqdiridan ajratmagan.

Ikki davlat o‘rtasida - energiya narxlari yoki integratsiya masalalari tufayli ro‘y beradigan ziddiyatlar - bizni bir-birimizga bog‘lab turadigan narsalar oldida mutlaqo old fonga chiqa olmaydi.

Belarusda yuzdan ortiq namoyishchi qo‘lga olindi - video

Rossiya jamiyatidagi Lukashenkoning hozirgi xatti-harakatlaridan g‘azablanish qisman: hibsga olish bilan bog‘liq voqeada darhol "Ukraina aspekti" paydo bo‘lganligi bilan izohlanadi: hibsga olinganlarning ba’zilari o‘tmishda Ukraina fuqarolari bo‘lgan va Kiyev ularni "Donbassdan kelgan jangarilar" sifatida ekstraditsiya qilinishini istagan.

Lukashenko bizning fuqarolarimizni Kiyevga berishi mumkinligi haqidagi fikr, tabiiyki, Rossiyada juda salbiy munosabatni keltirib chiqardi, ammo shuni aytish joizki, bunday xavfsirashlar uchun asos yo‘q. Lukashenko bunday ishni qila olmaydi - har holda, biz shuncha yillar davomida bilgan Lukashenko bunday qila olmaydi.

To‘qqizinchi avgustdan keyin boshqa Lukashenko paydo bo‘lmaydi — bu degani, rossiyalik fuqarolar tez orada uylariga qaytadilar.

Minskdan Toshkentgacha: Pompeo MDH davlatlarida nima haqda gapirdi va qanday va’dalar berdi

Lukashenko bu voqeada haq emas — shu bilan birga Rossiyadagi, ikki davlat o‘rtasidagi har qanday murakkabliklarda belarus prezidentini "tekinxo‘r", "xoin", "o‘z davlatini ukraina yo‘lidan boshlayotgan" deb haqorat qiladiganlar ham nohaq. Bu singari vatanparvarlarning niyati, ular nazdida, qanchalik yaxshi bo‘lmasin, aslida ular bizning ittifoqimizga, demakki Rossiya manfaatlariga ham juda katta ziyon yetkazadi.

Tarixiy o‘lchovlar bilan olib qaralganda, yaqingacha SSSR xalqlarini - nafaqat tashqi dushman, balki, birinchi galda "shu xalq manfaatlarining haqiqiy kurashchilari" kuchi bilan o‘zaro urishtirishar va bir-biriga qarshi qo‘yishardi.

Bularning barchasi SSSR qulashi bilan yakun topdi, oqibatlarini esa hali ham katta qiyinchilik bilan yengmoqdamiz, ayniqsa, Ukraina yo‘nalishida.

Belarus bilan munosabatlarda bunga o‘xshash holat hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham: agar biz Ukraina bilan vaqtinchalik urishgan bo‘lsak, bu keyin yana birlashish uchun, Belarus bilan esa hamisha birga bo‘lib kelganmiz va bo‘lamiz ham.