TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vitebsk viloyati faollari bilan uchrashuvda Yevropa ittifoqining Belarus demokratiyasi nomiga yog‘dirgan tanqidlariga javob qaytardi, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus.
Prezident o‘z chiqishi davomida g‘arblik qo‘shnilarda turli holatlar, jumladan, ikkitalik standartlar ham uchrab turishini aytdi.
"Ular bizga, qaranglar, hammasi demokratik o‘tsin, ko‘chalarda Xudo ko‘rsatmasin, to‘qnashuvlar ro‘y bermasin, deya shama qilishmoqda! Siz o‘z sherigingiz - Amerika Qo‘shma Shtatlariga e’tibor bering. Ko‘rapsizmi, u yerda nimalar ro‘y berayotganini? U yerda portlovchi moddalarsiz, ko‘z yosh keltiruvchi gazsiz kun o‘tmayapti. Siz balki, Trampni tanqid qilarsiz yoki AQShni u yerda demokratiya yo‘qligi uchun, balki Rossiyaga dag‘al gapirishga urinib ko‘rarsiz? Qo‘rqishadi. Shu bois Belarusda o‘z ko‘nikmalarini charxlashga qaror qilishgan bo‘lsa kerak", - dedi davlat rahbari.
Lukashenko g‘arblik qo‘shnilar hech narsaga erisholmasligini, mamlakatni jamiki qonuniy usullar bilan himoya qilishlarini va hech kimga berib qo‘ymasligini aytib ishontirdi. Shu bilan birga, belarus yetakchisi, saylovlarga xorijiy kuzatuvchilar xohlashsa ertagayoq kelishlari mumkinligini ta’kidladi.
"Biz ularga, gar saylovlarni kuzatishni istasangiz - marhamat, ertagayoq keling, biz yashirinayotganimiz yo‘q, ammo bizga barmog‘ingiz bilan qanday yashash kerakligiga ishora qilmang, deb aytamiz", - deya aniqlik kiritdi prezident.
Eslatib o‘tamiz, chorashanba kuni YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi Belarusdagi joriy prezident saylovlariga o‘z kuzatuvchilarini yubormasligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu qarorga belarus tomonidan taklifnoma yo‘llanmaganligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.