TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya energiya manbaalariga yagona narx evaziga Belarusni o‘ziga qo‘shib olishga harakat qilayotganini aytib berdi, RIA Novosti Sputnik Belarus xabariga asosan.
Belarus rahbari aytishiga qaraganda, na rus xalqi na belarus xalqi - hech qachon bunday yo‘lan borishni istamaydi.
Shu bilan birga, oldingi chiqishlarida Lukashenkoning o‘zi bir necha bor Rossiya bilan integratsiya tarafdori ekanini, lekin bunday integratsiya teng huquqli bo‘lishi kerakligi haqida aytib o‘tgan edi.
“Belarusning Rossiya tomonidan “yutib yuborilishi” – bu integratsiya emas. Bu – inkorporatsiya. Men hech qachon bunga rozi bo‘lmayman”, - dedi Belarus yetakchisi.
Bloomberg agentligi biroz oldin go‘yoki Vladimir Putin Lukashenkoga Rossiya va Belarusni qo‘shib “sverxderjava”, ya’ni o‘ta kuchli davlat tashkil etishni taklif qilgan edi. Lekin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu gaplarni rad etib, ikki davlat rahbari Ittifoq doirasida hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishganini aytgan edi.
O‘tgan yilning bahorida Bloomberg yana bir gipotezani oldingan surgan edi. Go‘yoki Rossiya prezidenti ma’muriyatida Putinni 2024-yildan so‘ng ham hukumat tepasida saqlab qolish imkoniyatlari qidirilayotgani va Rossiya hamda Belarus qo‘shilib yangi davlat tashkil etish va unga Putin prezident bo‘lishi ana shunday imkoniyatlardan biri ekanini xabar qilgan edi. Peskov o‘shanda bu gaplarni Krmelda muhokama qilingan masalalarga mutlaq aloqasi bo‘lmagan “erkin xayoliy mashqlar” deb atagan edi.