Davlat dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Sluskiy Belarus va Rossiya Ittifoqi parlament yig‘ilishining navbatdagi majlisi oldidan RF va Belarus o‘rtasida barcha sohalarda yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.
“Rossiya va Belarus, balki, hatto qardosh mamlakatlar va xalqlar ham emas, Aleksandr Lukashenko bir necha yil oldin aytganidek, biz tarixiy sabablarga ko‘ra davlat chegaralari bilan ajralgan yagona xalqmiz”, - dedi Sluskiy “Rossiya segodnya” XAAdagi onlayn brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus Rossiyaning strategik hamkori bo‘lib, “bu har doim bo‘lgan va shundayligicha qoladi ham”, deb yozadi Sputnik Belarus.
"Kim-ki Rossiya-Belarus munosabatlariga nizo solishga harakat qilsa, albatta yutqazadi”, - dedi Davlat dumasi qo‘mitasi raisi.
Sluskiy, shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko - “shubhasiz, yuqori darajadagi noyob inson, ammo emotsional, ba’zida yuqori darajada “uchqunlanib turadi”, deb ta’kidladi.
“Ammo bu normal holat, - deb ta’kidladi u. - Tizimlar nazariyasini o‘rganganlar biladi, katta tizimlarda har doim ham mukammal muvozanat mavjud bo‘lmaydi. Ammo hech kim va hech qachon Moskva va Minsk o‘rtasidagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi strategik muvozanatni buzolmaydi”.