TOShKENT, 13 mar - Sputnik. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Belarus TIV rahbari Vladimir Makey bilan suhbatda AQSh Belarusga neft yetkazib berishga tayyorligini tasdiqladi va savdo bo‘yicha delegatsiyani yuborishga va’da berdi, deb xabar qildi yozma bayonotda Davlat departamenti rasmiy vakili Morgan Ortagus.
"Davlat kotibi amerika kompaniyalarining Belarusga darhol raqobatbardosh bozor narxida neft sotish istagini tasdiqladi. Davlat kotibi va tashqi ishlar vaziri biznes liniyasida ikkiyoqlama aloqalar hajmini oshirish salohiyatini, shu jumladan, sal keyinroq Minskka savdo bo‘yicha mustaqil tashkil etilgan oliy martabali amerika delegatsiyasi kelishi bo‘yicha rejalarni ham muhokama qildilar", - deb bayonot qildi Ortagus.
Ayol so‘zlariga ko‘ra, Pompeo shuningdek, Makeyga 1-fevral kuni Minskdagi qabul uchun minnatdorlik bildirgan va Belarus suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.