Belarusda 33 nafar rossiyalik qo‘lga olinishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSotrudniki pravooxranitelnix organov Belorussii
Sotrudniki pravooxranitelnix organov Belorussii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarusda 33 nafar rossiyalik qo‘lga olinishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 20-yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Belarusda rossiyaliklar qo‘lga olinishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Andrey Ravkov ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Predsedatel Komiteta Gosdumi RF po mejdunarodnim delam Leonid Sluskiy - Sputnik O‘zbekiston
Sluskiy: Rossiya va Belarus o‘rtasidagi munosabatlarni hech kim va hech qachon buzolmaydi

Ravkovning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilik teraktlarini tayyorlash bo‘yicha ish ochilgan. Qo‘lga olinganga 20-yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kuni kecha Belarus OAVlari huquq tartibot organlardagi manbaasiga tayangan holda Minsk yaqinida “Vagner xorijiy xususiy kompaniyasining 32 nafar jangarisi” qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berdi. Yana bir kishi respublikaning janubida ushlandi.

Keyinchalik Rossiya elchixonasi Belarus TIVdan Rossiya fuqarolari qo‘lga olingani haqida rasmiy bildirish xati olgani ma’lum bo‘ldi.

Bir necha kun oldin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko spesnaz qo‘shinlari oldida nutq so‘zlab, respublikada ko‘cha namoyishlariga “u yoki bu davlatlarda provokatsiya qilishda” pul ishlaydigan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xorijliklar – “professional harbiy xizmatchi va banditlar” jalb qilinishi mumkinligi haqida aytgandi.  

Rossiya Federatsiyasi Kengashida ushbu voqea yuzasidan bergan sharhda Rossiyaning saylovlar oldidan vaziyatni beqarorlashtirish rejalari bo‘lmaganligini ta’kidladi. Senator Vladimir Djabarov ikki davlat ittifoq davlatni tashkil etmoqda, deb ta’kidladi.

Davlat Dumasi deputati Leonid Kalashnikov rossiyaliklarning hibsga olinishini anglashilmovchilik deb atadi, Rossiya doim Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0