Lukashenko chet el jurnalistlarini mamlakatdan quvish bilan qo‘rqitdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lukashenko amaldorlardan chet el OAVlari faoliyatiga munosabat bildirishni talab qildi. Mamlakat TIV rahbari Makey shu o‘rinda yaxshigina tanbeh eshitdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaldorlardan OAVdagi vaziyatni nostabillashtiruvchi xabarlarga munosabat bildirishni talab qildi. Shuningdek, bunday holatlarda ushbu elektoral kampaniya yakunini kutib o‘tirmasdan, chet el jurnalistlarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligini istisno qilmadi.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Pekin AQSh “davlat” jurnalistlarini jazoladi

"Ha, hukumatimizda ham, tashqi ishlar vazirligida ham, hamma qo‘l qovushtirib o‘tiribdi, prezidentdan buyruq kelishini kutib. Mamlakatga bunday munosabatni qanday tushunish mumkin? BBC, "Ozodlik", "Ozod Yevropa" va hokazolar, axborot oqimlari... Men hali tarafkashlikni aytganim yo‘q, ular axir ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilmoqda. Nega siz bularga toqat qilyapsiz? Siz-ku ularni bu yerda akkreditatsiya qilgan", - iqtibos keltirgan Lukashenko so‘zlaridan Sputnik Belarus.

Prezident OAVda destruktiv (zararli) ma’lumot berilgan vaqtda choralar ko‘rish zaruratiga e’tibor qaratdi.

"Ushbu elektoral kampaniyaning yakunini kutib o‘tirishning hojati yo‘q (9 avgust sanasiga mamlakatda prezident saylovlari belgilangan – tahr.). Agar ular bizning qonunlarimizga amal qilmasa va odamlarni maydonlarga chaqirsa, ularni bu yerdan quvib soling", - deya topshiriq berdi Lukashenko.

Zaderjan shef-redaktor Sputnik Litva Marat Kasem - Sputnik O‘zbekiston
Vilnyus aeroportida Sputnik Litva bosh muharriri hibsga olindi

Belarus mamlakati rahbari OAVdagi buzg‘unchilikka qat’iyat bilan munosabat bildirishni talab qildi, mas’ul shaxslar, xususan, prezident administratsiyasi axborot maydoniga yanada sinchkovlik bilan e’tibor qaratishlari lozimligiga e’tibor qaratdi.

"Albatta, oxirgi vaqtlarda prezident administratsiyasi, matbuot-kotibi ishi meni juda hayratlantirmoqda, ha, fikrimcha, Natalya Ivanovna ham (Belarus parlamenti yuqori palatasi raisi Natalya Kochanova - tahr.) bu holatga sinchkovlik bilan qarashi mumkin edi", - dedi Lukashenko.

Lukashenkoga ko‘ra, gap faqatgina internet ustida emas, balki an’anaviy OAV, misol uchun, gazetalar xususida ham bormoqda.

Belarus yetakchisi hosilni yig‘ishtirish kampaniyasi haqida reportaj tayyorlashni maslahat berdi.

Telekanal Russia Today - Sputnik O‘zbekiston
"Chegara bilmas reportorlar" RT va Sputnik bilan bog‘liq vaziyatni qoraladi

"Kombaynerni suratga oling, u haqda hikoya qiling. Shu oddiy odamlar hayotidan so‘zlang - axir ular butun mamlakatni boqayotgan mehnatkashlar-ku. Axir ertaga hamma, birinchi navbatda shu badxat odamlar ham o‘ziga, yaqinlariga, farzandlariga bir burda non olish uchun do‘konga qarab yuguradi", - davom etdi Belarus yetakchisi.

Lukashenko mas’ul shaxslardan u yoki bu ko‘rsatmalarni kutib o‘tirmasdan o‘z majburiyatlarini bajarishni talab qildi. "Meni diqqat bilan eshiting, biz bu davlatda xo‘jayinmiz. O‘z majburiyatingizni bajaring. Agar uddalay olmasangiz - bu ish qo‘limdan kelmaydi, deb ayting. Boshqalar shug‘ullanadi", - dedi Belarus prezidenti. U mamlakatda saylov kampaniyasi ketayotganiga qaramay, munosabat bildirilishi shartligini ta’kidladi.

"Biz bu murakkab elektoral davrga kirganimizga qaramay, boshqa takrorlab o‘tirmayman. Haqorat ortidan haqorat - bunday bo‘lmaydida axir. Meni har tomondan chaplab bo‘lishdi. Endi esa hech qanday aybi bo‘lmagan uchastka komissiyalari raislariga ham tashlanishapti. Ularning oilasi, farzandlari bor axir", - deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Yangiliklar lentasi
0