Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Anqarada fotoko‘rgazma ochilishida qo‘riqchi kiyimida bo‘lgan terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi. Moskva ushbu qotillikni terakt deb atadi. BMT, NATO va o‘nlab mamlakatlar vakillari ushbu qotillikni qattiq qoralamoqda.