O‘zbekistonda Rossiya elchisining o‘limi munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi

Obuna bo‘lish
Hamdardlik kitobi Rossiyaning Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 83-uyda joylashgan elchixonasida ochildi

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Turkiyada Rossiya elchisi Andrey  Karlovning o‘ldirilishi munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Andrey Karlov - Sputnik O‘zbekiston
Anqarada Rossiya elchisi o‘ldirildi

"19 dekabr kuni Anqaradagi terrorchilik hujumi oqibatida Andrey Karlovning fojiali halok bo‘lganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz. Biz bu g‘ayriinsoniy jinoyatdan esankirab qoldik. Xizmat taqozosi yuzasidan Andrey Georgiyevich bilan yuz ko‘rishgan elchixona xodimlari o‘z ishining mohir egasi sifatida uni hamisha yodda tutadilar.

U xotirjam va og‘ir-bosiqligi, insonlarga, rossiyalik fuqarolar manfaatlariga e’tiborli ekanligi bilan ajralib turardi. U oqko‘ngil va har jihatdan samimiy edi", — deyiladi elchixona xabarida.

Hamdardlik kitobi Rossiyaning quyidagi manzilda joylashgan elchixonasida ochildi: 100015, Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 83. Hamdardlik kitobiga quyidagi vaqtlarda yozuv qoldirish mumkin: — seshanba 20-dekabr — 14:30dan 17:30gacha; — chorshanba 21-dekabr — 10:00dan 12:30gacha va 14:30dan 17:30gacha.

Yangiliklar lentasi
0